Özbekistonda neft qazib oliş va qayta işlaş quvvatlari mavjud bölsa-da, içki ehtiyojni töliq qoplaş uçun importga boğliqlik yildan yilga oşib boryapti. Xususan, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 166 mln dollarlik 279 mln litr benzin import qilingan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan miqdor jihatdan 2 barobarga, qiymat jihatdan esa 2,1 barobarga köp. Oxirgi oylarda içki talabning qariyb teng yarmi taşqaridan olib kirilayotgan benzin hisobiga qondirilyapti.
Joriy haftadagi birja savdolari boşlanişi bilan jahon energetika bozorida kuçli tebraniş kuzatildi. Yaqin Şarqdagi vaziyatning keskinlaşişi fonida neft narxi 2022 yildan beri ilk bor bir barrel uçun 100 dollardan oşdi. Keskin ösişning asosiy omillari nimalardan iborat va bu Özbekiston içki bozoriga qanday ta’sir qiladi?
Nega neft narxi keskin oşdi?
Ötgan dam oliş kunlari Yaqin Şarqdagi vaziyat yana keskinlaşdi. Isroil Erondagi yonilği saqlaş omborlari böylab zarbalar yölladi. Eng kamida beşta energetika obekti hujumga uçragan. Ijtimoiy tarmoqlarda Tehron va atrofdagi hududlarda boşlangan yirik yonğinlar videolari tarqaldi. Bunga javoban Eron ham Bahrayndagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. Kuvayt milliy neft kompaniyasi javob zarbalari fonida ehtiyot çorasi sifatida qazib oliş hajmini qisqartirganini e’lon qildi.
Global neft tanqisligi haqidagi xavotirlar ötgan hafta oxirida Qatar energetika vazirining bayonotidan söng kuçaygandi. U agar uruş töxtamasa, Fors körfazi davlatlaridagi barça energiya eksportçilari bir neça hafta içida qazib olişni töxtatişga majbur bölişi mumkinligini aytgandi. Bunday holatda neft narxi bir barrel uçun 150-200 dollargaça kötariliş ehtimoli bor.
Şuningdek, Eron dunyodagi asosiy neft ta’minoti yönalişlaridan biri bölgan Hörmuz böğozini amalda yopdi. Taqiq barça kemalarga, jumladan, tijorat kemalari va neft tankerlariga ta’sir qildi. Strategik yölakda trafik deyarli töxtagan, kemalarning bir qismi raketa zarbalariga uçradi. Jahon neftining qariyb 20 foizi aynan uşbu böğoz orqali ötadi. Bu esa jahon bozorida taklifni qisqartirib, narxlarning keskin kötarilişiga olib kelyapti. Saudiya Arabistoni, BAA va Kuvaytdagi neft omborlari deyarli tölib ketgan. Bu esa agar xom neft Hörmuz böğozi orqali eksport qilinmasa, yirik neft konlarini vaqtinça yopişga töğri kelişi mumkinligini anglatadi.
Bundan taşqari, geosiyosiy xavf ortgan paytda investorlar energiya resurslarini “xavfsiz aktiv” sifatida sotib olişga harakat qiladi. Natijada fyuçers bozorida talab keskin oşadi va bu ham narxlarni yuqoriga kötaradi.













