“Dunyo” axborot agentligi xabar berişiça, uçraşuv davomida markaz rahbariyati diplomatlarni muassasada vaqtinça uşlab turilayotgan fuqarolar uçun yaratilgan şart-şaroitlar — turar joy, umumiy ovqatlaniş va madaniy hordiq çiqariş xonalari bilan taniştirdi.

Şundan söng, markazda saqlanayotgan hamyurtlar holidan xabar olinib, ularning muammo va takliflari örganildi. Vatandoşlar tomonidan oziq-ovqat bilan boğliq bildirilgan e’tirozlar markaz rahbariyatiga tegişli takliflar bilan yetkazildi.

Şuningdek, fuqarolarga Rossiya va Ukraina örtasidagi ziddiyatlarga aralaşmaslik, çet el davlati harbiy xizmatiga yollangan taqdirda, Özbekiston qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi haqida tuşuntiriş berildi.

Şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yöqolgani sababli uşlab turilgan va sud qaroriga asosan Rossiyadan deportatsiya qilinişi belgilangan fuqarolarga davlat bojlaridan ozod qilingan holda Boş konsulxona tomonidan Özbekistonga qaytiş guvohnomalari rasmiylaştirib berildi.

Uçraşuv yakunida markaz rahbariyati bilan hamkorlikda fuqarolar örtasida tuşuntiriş-profilaktika işlarini davom ettiriş va ularni Özbekistonga öz vaqtida yuboriş böyiça hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olindi.