Isroil zarbalaridan keyin Bayrut vayronalari orasida yurgan erkak / Foto: Reuters

28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga hujum boşladi. Şundan söng Eron – AQŞ harbiy bazalari joylaşgan Fors körfazi davlatlari va Isroilga qarşi hujumga ötdi. Hizbullohning Isroilga zarbalari ortidan Livan ham tez orada mojaroga tortildi.

Reuters naşri uruşning öninçi kuni – 9 mart holatiga Yaqin Şarq davlatlari xabar qilgan qurbonlar sonini jamladi. Alohida ta’kidlaş kerakki, uruş holatida ölimlar sonini tekşiriş yoki mustaqil ravişda tasdiqlaş imkonsiz.

Eron va Livan

Uruşdan eng köp jabr körgan Eronda kamida 1 230 kişi halok bölgan. Jumladan uruşning birinçi kuni Minob şahridagi boşlanğiç maktabga raketa zarbasi berilişi oqibatida 175 nafar öquvçi qiz va maktab xodimlari halok bölgandi. Umumiy qurbonlar soniga Islom inqilobi qöriqçilari korpusi harbiylari kiradimi-yöqmi, aniq emas.

Foto: Reuters

Bundan taşqari, ötgan hafta AQŞ suvosti kemasi Şri-Lanka qirğoqlari yaqinida Tehron harbiy kemasini çöktirişi oqibatida Eronning kamida 104 askari halok böldi. Bu qurbonlar Qizil Yarim Oy jamiyati bergan umumiy hisobga kiritilmagan.

Livan soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, Isroil zarbalari oqibatida kamida 486 kişi halok bölgan. Bularning qançasi tinç aholi yoki Hizbulloh harbiylari ekani ma’lum emas.

Isroil va AQŞ

Isroil harbiylari bergan ma’lumotga köra, Janubiy Livanda ikki nafar askar halok bölgan. Bu — ötgan hafta Hizbulloh Eronni qöllab-quvvatlab, Isroilga qayta hujum boşlaganidan keyin IDF orasidagi ilk talafotdir. Şuningdek, 11 nafar tinç aholi halok bölgan. Jumladan 1 mart kuni Quddus yaqinidagi Beyt-Şemeş şahriga Eron raketasi tuşişi oqibatida töqqiz kişi ölgan.