Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Past Darğom tumanida yaşovçi, 1961 yilda tuğilgan R.X. YouTube’dagi Sirojiddin Media kanali muallifi bölgan blogerning ustidan IIBga murojaat qilgan. U 2024 yil avgust oyida Toşkent şahrida yaşovçi Sirojiddin Odilovga boşqa şaxs bilan örtalaridagi moliyaviy masalani hal qilib berişini sörab murojaat qilgani, bloger vakolatli şaxs bölmasa-da, jabrlanuvçidan işini uning foydasiga hal qilib beriş evaziga ma’lum miqdorda pul olgani va hozirgi kunga qadar va’dasini bajarmasdan, aldab kelgani bois qonuniy çora körişni söragan.
Holat yuzasidan Sirojiddin Odilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.












