Uçraşuv çoğida Özbekiston va Isroil örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantiriş, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş hamda turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik muloqotni izçil davom ettiriş, amaliy hamkorlikni yangi yönalişlar hisobidan boyitiş va ikki davlat örtasidagi munosabatlarni mazmunan yangi bosqiçga olib çiqiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.
Şuningdek, muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Yaqin Şarqdagi vaziyat, mazkur hududda keçayotgan jarayonlar hamda ularning mintaqaviy barqarorlikka ta’siri yuzasidan atrofliça mulohazalar bildirildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro muloqotni davom ettiriş, ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollaştiriş va mavjud aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdor ekanini qayd etdi.













