Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga oşgan. Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan quriliş işlarining jami quriliş işlari hajmidagi uluşi 30,9 foizni taşkil etgan.
Statistik ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda uşbu körsatkiç izçil ösib bormoqda. Xususan, 2022 yil yanvar oyida norasmiy sektor tomonidan 1,2 trln sömlik quriliş işlari bajarilgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 1,1 trln sömni taşkil etgan.
2024 yilda 1,4 trln söm, 2025 yilda esa 3,5 trln sömlik quriliş işlari amalga oşirilgan. 2026 yil yanvar oyida esa mazkur körsatkiç 4 trln sömga yetib, ösiş tendensiyasi davom etayotgani qayd etilmoqda.












