Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Eron bilan mojaro keskinlaşgan şaroitda Isroilni qöllab-quvvatlaşini bildirdi, ammo AQŞ va Isroil boşlab yuborgan harbiy harakatlar Yaqin Şarqda xaos keltirib çiqarmasligi kerakligidan ogohlantirdi. Vadefulning ta’kidlaşiça, bunday oqibatlar Yevropaga ham ta’sir qiladi. U bu haqda 10 mart, seşanba kuni Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar bilan birgalikda ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Heç kim xaos, fuqarolar uruşi yoki Eronning parçalanişidan manfaatdor bölişi mumkin emas, — deya Vadefulning sözlarini keltiradi dpa agentligi. — Buning oqibatlari juda katta böladi va biz buni Yevropada ham his qilamiz”. Germaniya vaziri mojaroga qaramay, Eronning hududiy yaxlitligi saqlanişi şartligini ta’kidladi.

Şu bilan birga, Vadeful Eronning javob zarbalaridan jabr körgan Isroilni qöllab-quvvatladi. Nemis vazirining aytişiça, Tehronda hanuz yahudiy davlatini yöq qilişni maqsad qilgan rejim hokimiyatda turibdi. Vadeful sözlariga köra, Eronning harbiy yadroviy va ballistik dasturlari işonçli tarzda tugatilgani tasdiqlanişi kerak, şuningdek Tehron Yaqin Şarqdagi proksi-guruhlarni qöllab-quvvatlaşni töxtatişi lozim.

“Bizga mintaqa davlatlari va xalqlari xavfsizligini kafolatlaydigan mintaqaviy tinçlik tartibi kerak, ayniqsa muhim savdo yöllari bölgan dengiz yöllari xavfsizligi ta’minlanişi zarur”, — dedi Vadeful.

Vadeful AQŞ va Isroilning Eron bilan uruşi boşlanganidan beri Isroilga taşrif buyurgan birinçi yevropalik taşqi işlar vaziri böldi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu taşrif oldindan e’lon qilinmagan edi.

Isroildan söng Yoxann Vadeful Saudiya Arabistoniga jönab ketdi — u Ar-Riyodda Saudiya taşqi işlar vaziri Faysal bin Farhon bilan uçraşdi. Dpa yozişiça, nemis rasmiysi podşohlik hukumati Isroil va AQŞning Eronga hujumlarini töxtatiş hamda jangovar harakatlar tugaganidan keyingi davr böyiça qanday istiqbollarni körayotgani bilan qiziqqan.

OAV ma’lumotlariga köra, Vadeful fevral oxirida boşlangan jangovar harakatlardan jabr körgan Yaqin Şarq davlatlari böylab safarini davom ettiradi, ammo Germaniya vazirining safar rejasi oşkor etilmayapti.

Isroil va AQŞ 28 fevral kuni ertalab Eron hududidagi obektlarga ommaviy zarbalar berib, mamlakatga hujum qildi. Janglarning birinçi kunida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy hamda qator yuqori lavozimli amaldorlar va kuçişlatar tuzilmalar vakillari halok böldi. Halok bölgan Ali örniga uning 56 yoşli öğli Mujtabo Xominaiy keldi.