Moldova hukumati 11 mart, çorşanba kuni bölib ötgan yiğilişda mamlakatning Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) a’zoligiga asos bölib xizmat qiluvçi muhim kelişuvlarni denonsatsiya qilişini qöllab-quvvatladi. Gap 1993 yil 22 yanvarda Minskda imzolangan MDH nizomi, 1991 yil 8 dekabrdagi MDHni tuziş töğrisidagi kelişuv, şuningdek, 1991 yil 22 dekabrdagi mazkur kelişuvga ilova haqida ketmoqda.
Endi qonun loyihasi Moldova prezidenti Mayya Sanduga körib çiqiş uçun yuboriladi. Agar u ma’qullasa, hujjat mamlakat parlamentiga kiritiladi. Agar deputatlar ham ijobiy qaror qabul qilsa, Moldova hukumati MDH ijroiya qömitasini xabardor qiladi va 12 oydan keyin respublika taşkilotdagi iştirokini töxtatadi.
Moldova MDHdan çiqiş jarayonini boşlagani haqida yanvar oyida mamlakat taşqi işlar vaziri Mixay Popşoy xabar bergan edi. U buni “mamlakatning Yevropa yönalişini mustahkamlaşdagi muhim qadam” deb atagan. Uning aytişiça, Kişinyov MDH bilan imzolangan 283 ta kelişuvdan 71 tasini allaqaçon denonsatsiya qilgan, yana qariyb 60 tasini bekor qiliş jarayoni davom etmoqda. Şu bilan birga, vazir agar ular Yevropa yöliga zid kelmasa, iqtisodiy foyda keltiradigan yoki fuqarolar uçun muhim amaliy ahamiyatga ega kelişuvlardan Moldova voz keçmasligini ta’kidlagan.
Mayya Sandu yanvar oyida, agar şunday referendum ötkazilsa, öz mamlakatining NATO va Yevropa Ittifoqi a’zosi bölgan Ruminiyaga qöşilişi uçun ovoz berişga tayyor ekanini bildirgan edi. Moldova prezidenti öz pozitsiyasini mamlakatni Rossiya bosimidan himoya qiliş istagi bilan izohlagan.
Şu bilan birga, Sandu aholining köpçiligi uning bu yondaşuvini qöllab-quvvatlamasligini aytdi va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi ança realistik ssenariy ekanini ta’kidladi. Sörovnomalar körsatişiça, Moldova aholisining faqat taxminan uçdan bir qismi Ruminiya bilan birlaşiş ğoyasini qöllab-quvvatlaydi.
Moldovaning hozirgi hukumati mamlakatni 2030 yilga qadar Yevropa Ittifoqiga qöşişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Ammo buning uçun Kişinyov bir qator murakkab islohotlarni amalga oşirişiga töğri keladi.












