DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvda bölgan, 2003 yilda Farğona viloyatida tuğilgan va Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtotransport vositasi Toşkent viloyati Zangiota tumani hududidan poytaxt tomon harakatlanib kelayotgan vaqtida Çilonzor tumanidagi “Erkin” YPX maskanida töxtatildi.
Avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, salonida sof oğirligi 4 kg 811 grammni taşkil qiluvçi “Alfa PVP” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Hozirda DXX Tergov boşqarmasi tomonidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Şuningdek, DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda “Özbek-qirğiz” davlat çegarasining Andijon viloyati Marhamat tumani “Boboxuroson” MFY hududidan ötuvçi qismida 1985 va 1987 yillarda tuğilgan ikki nafar mahalliy fuqaro uşlandi.
Ma’lum bölişiça, ular qirğizistonlik şaxs tomonidan çegara sim tösiqlari orqali uloqtirilgan qoğoz qutini qabul qilib olayotgan vaqtda qölga olingan.
Quti xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning içida 9988 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi ma’lum bölgan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan bu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar beriş söraldi. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.












