Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp Erondagi uruş yakuni haqida
AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni AQŞ va Isroilning Eronga qarşi olib borayotgan uruşi «tez orada» tugaşini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, berilgan zarbalar natijasida mamlakatda «nişonga oliş uçun deyarli heç narsa qolmadi».
«Men qaçon tugaşini xohlasam, öşa zahoti tugaydi», dedi prezident Tramp Axios naşriga uruş tugaşi haqida bergan izohida.
Tramp uruşni tugatiş qarori faqat uning ixtiyorida ekanini alohida ta’kidlagan. Vaholanki, bundan biroz avval u uruşni yakunlaş böyiça har qanday qaror – Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan özaro kelişilgan holda qabul qilinişini aytgandi.
Isroil va AQŞ rasmiylari naşrga bergan ma’lumotga köra, ular uruş kamida yana ikki hafta davom etişiga tayyorgarlik körmoqda.
AQŞ Markaziy qömondonligi qömondoni Bred Kuper şu kungaça ular tomonidan amalga oşirilgan harbiy harakatlar natijalarini oçiqladi: Unga köra, Eronda 5500 dan ortiq nişon yöq qilingan, 60 dan ortiq kema, jumladan, barça «Sulaymoniy» toifasidagi harbiy kemalari yakson etilgan. Şuningdek, Eronning harbiy-dengiz floti va sanoat bazasi keskin darajada zaiflaştirilgan.
Isroil va «Hizbulloh» zarbalar almaşdi
11 mart kuni keçqurun «Hizbulloh» guruhi va Isroil özaro zarbalar almaşdi.
Xususan, çorşanba oqşomida «Hizbulloh» Isroil şimoliga önlab raketalar uçirganini va bu hali davom etişini bildirdi. Livan xavfsizlik manbalari 100 dan ortiq raketa uçirilganini tasdiqladi. Isroil mudofaa mulozimi sözlariga köra, Eron va «Hizbulloh» birgalikda raketa hujumini amalga oşirgan. U buni uruş boşlanganidan beri Isroilga qarşi «ilk muvofiqlaştirilgan harakat» deb atadi.
Isroilning Nosira şahri şimolida havo hujumidan mudofaa tizimlari raketalarni tutib qolişi natijasida önlab portlaşlar yuz berdi. Isroil tez yordam xizmati ikki kişi yengil jarohatlanganini bildirdi.
Bayrutdagi javob zarbalari «Hizbulloh» hujumidan deyarli darhol keyin boşlandi va şahar böylab ketma-ket portlaş tovuşlari eşitildi. Isroil harbiylari 30 daqiqa içida «Hizbulloh»ning 10 ta inşootiga, jumladan, «Rizvon» elita bölinmasi ştab-kvartirasiga zarba berganini aytdi.











