Xitoy Xalq vakillari umumxitoy yiğini (XVUY) — XXRning oliy qonun çiqaruvçi organi 12 mart, payşanba kuni “Etnik birlik va taraqqiyotga kömaklaşiş” deb nomlangan qonunni ma’qulladi. Hujjat “xitoy millati tarkibidagi barça etnik guruhlar örtasida umumiylik tuyğusini mustahkamlaş”ga qaratilgan bölib, bu maqsadga erişiş barça jamoat taşkilotlari, tijorat kompaniyalari va mamlakat qurolli kuçlari zimmasiga ham yuklatilgan.

Xususan, qonunda xitoy tilining mandarin lahjasi va milliy ozçiliklar tillari birgalikda qöllanadigan jamoat joylarida mandaringa “ustunlik” beriş talabi qöyilgan. Şu munosabat bilan huquq himoyaçilari Xitoyda öz tili va lahjalariga ega 55 ta etnik ozçilik mavjudligini eslatmoqda. Tibet va Içki Möğuliston kabi etnik ozçiliklar köp yaşaydigan hududlarda esa maktab ta’limida xitoy tilidan foydalaniş allaqaçon majburiy qilib qöyilgan.

AFP agentligi Amerika PEN-klubi faoli Erika Nguyenning Pekindagi hukumatni “bolalarning öz tarixi va madaniyati bilan boğliq riştalarini uziş”ga urinayotganlikda ayblagan sözlarini keltiradi. Huquq himoyaçilari ayniqsa yangi qonun musulmon uyğurlarga bosimni yanada kuçaytirişidan xavotirda. Pekin bu etnik ozçilik huquqlarini buzişda, jumladan, BMT tomonidan ham bir neça bor ayblangan.

Qonunning ta’siri XXR hududidan taşqariga ham yoyiladi. U xorijdagi xitoy jamoalari bilan “aloqalarni mustahkamlaş”ga kömaklaşişni belgilaydi va şu bilan birga Xitoydan taşqarida turib mamlakatning “etnik birligiga putur yetkaziş” yoki “etnik separatizm”ga da’vat qilişda iştirok etgan şaxslarni yuridik javobgarlikka tortişni ham nazarda tutadi.

“Etnik birlik” haqidagi qonun XVUY va XXR rahbariyati huzuridagi maslahat organi hisoblangan Xalq siyosiy maslahat kengaşining an’anaviy yillik “ikki sessiya”sining sönggi kunida qabul qilindi. Bu tadbirlar Xitoy siyosatining kelgusi özgarişlarini körsatuvçi öziga xos indikatorlar deb hisoblanadi.

Bu yilgi “ikki sessiya” 15-beş yillik rejani amalga oşiriş boşlanişiga töğri keldi. Bu 2026–2030 yillarga möljallangan mamlakat iqtisodiy va siyosiy rivojlaniş “yöl xaritasi” hisoblanadi. XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Tsyan joriy yil uçun YaIM ösiş sur’atini 4,5–5 foiz doirasida belgiladi — bu 1991 yildan buyon eng past körsatkiçlardir. Kuzatuvçilar buni Xitoy önlab yillar davomida jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy drayveri sifatida namoyon bölgan şiddatli ösişdan keyingi sezilarli buriliş deb baholamoqda.

Yangi beş yillik rejaning markazida sun’iy intellekt turibdi. XXR rahbariyati uni AQŞ bilan raqobat şaroitida mamlakat taraqqiyoti uçun “zarur vosita” deb hisoblaydi. Yuqori texnologiyalarga urğu bergan holda, Xitoy hukumati iqtisodiyotni içki iste’molga asoslangan ösiş yöliga qayta yönaltirmoqçi. Taşqi siyosat sohasida esa Pekin, çamasi, Yevropa Ittifoqi va AQŞ bilan munosabatlarni yaxşilaş yölini belgilagan, ayni paytda Yaponiya bilan munosabatlarda Tayvan sababli keskinlik kuçaymoqda.