AQŞ Davlat departamenti “Adolatga yordam uçun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning asosiy rahbarlari haqida ma’lumot uçun 10 million dollargaça mukofot e’lon qildi. Ular orasida Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy ham bor. Tegişli bayonot dastur saytida e’lon qilingan. E’lon qilingan sana körsatilmagan, ammo ommaviy axborot vositalari bu xabarga 13 mart, juma kuni e’tibor qaratdi.

Xominaiydan taşqari, AQŞ hukumatini qiziqtirayotgan şaxslar röyxatiga yana töqqiz kişi kiritilgan. Ular orasida oliy rahbar ma’muriyati rahbari Ali Asqar Hijoziy, mamlakat Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Lorijoniy, oliy rahbarning katta harbiy maslahatçisi Yahyo Rahim Safaviy, içki işlar vaziri Iskandar Möminiy va razvedka vaziri Ismoil Xatib bor. Şuningdek, ismlari oçiqlanmagan holda röyxatga mamlakat Mudofaa kengaşi kotibi, oliy rahbar maslahatçisi, oliy rahbar ma’muriyati harbiy boşqarmasi boşliği va IIMK qömondoni ham kiritilgan.

E’tiborli jihati şundaki, AQŞ hukumati Eron rahbariyati haqidagi ma’lumot uçun Davlat departamenti dasturida közda tutilgan eng yirik mukofotni taklif qilayotgani yöq: odatda, bunday tölovlarning eng yuqori miqdori 25 million dollarni taşkil etadi. Şu bilan birga, Eron rahbarlari haqidagi ma’lumotni taqdim etuvçilar xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida boşqa joyga köçirilişi ham mumkinligi aytilgan. Ma’lumotlarni yetkaziş uçun Tor brauzeri va Signal messenjeri orqali boğlaniş taklif qilingan.

28 fevral ertalab AQŞ va Isroil Eronga keng kölamli havo zarbalarini berib, “Epik ğazab” harbiy operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. AQŞ prezidenti Donald Trampning sözlariga köra, ilk hujumlar natijasida Eronning taxminan 40 nafar yuqori lavozimli amaldori va rahbarlari halok bölgan. Ular orasida mamlakat oliy rahbari Ali Xominaiy, IIMK qömondoni Muhammad Pokpur, Mudofaa kengaşi kotibi Ali Şamxoniy, Eron qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari Abdulrahim Musaviy va mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda ham bölgan. Şuningdek, Ali Xominaiyning ikkinçi öğli — keyinçalik yangi oliy rahbar etib tanlangan Mujtaba yaralangan. Hujumlar paytida uning xotini va öğli halok bölgan.

AQŞ va Isroil hujumlariga javoban, Eron ikkinçi mamlakatga va Fors körfazi davlatlari hududlariga zarbalar bermoqda. Bu hujumlar davomida snaryadlar va uçuvçisiz uçiş apparatlari fuqarolik obektlariga tuşgani bir neça bor qayd etilgan. Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon qöşni davlatlardan uzr sörab, ularning hududiga zarbalar Eron harbiylari tomonidan AQŞ va Isroil hujumlari oqibatida rahbariyat yöqolgan şaroitda amalga oşirilganini bildirdi. Keyinroq IIMK Eron mintaqadagi istalgan mamlakatda joylaşgan AQŞ harbiy bazalariga zarba berişni davom ettirişini qöşimça qildi.