Döstlikdan duşmanlikkaça – AQŞ va Isroil Eronga neça marta havo hujumlarini amalga oşirgan?
|17:25 / 14.03.202616 154
2026 yil 28 fevral kuni boşlangan va davom etayotgan raketa va aviatsiya zarbalari AQŞ hamda Isroilning Eronga qilgan birinçi hujumi emas. Tarixda bunday hodisa bir neça marta yuz bergan. Xöş, nega bir paytlar Eron bilan döstona aloqalarda bölgan AQŞ va Isroil fors davlatiga qasdlaşib qoladi?
Ança yillardan buyon Eron AQŞ sanksiyalari ostida yaşab kelmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida rasmiy Tehron yaşirinça yadro quroli yaratiş ustida tadqiqotlar olib borayotgani körsatiladi.
Biroq bir paytlar AQŞ hamda Eron döst mamlakatlar bölgan va Amerika fors davlatining yadroviy tadqiqotlariga qarşi bölmagan.
Şuningdek, bugun Eronni öziga duşman deb biladigan Isroil ham ötgan asrning 60-70-yillarida forslar bilan döstona aloqalarda bölgan. Xöş, keyinçalik nega Eronning bu ikki davlat bilan orasi buzildi?
AQŞ—Eron munosabatlari tarixi
Dunyo siyosiy sahnasidagi keskinliklar Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan söng battar avj oladi. SSSR va AQŞ turli davlatlarni öz ta’sir doirasiga oliş uçun keskin raqobat boşlaydi.
Ana şu jarayonda AQŞ Eron bilan döstona aloqalar örnatadi. Eron öz hududidagi neft konlarini özlaştiriş va ulardan foydalaniş maqsadida Ğarb kompaniyalari bilan hamkorlik qila boşlaydi.
Öşa paytda Eronni şoh Rizo Pahlaviyning öğli Muhammad Rizo Pahlaviy boşqarib turgandi. Şuningdek, mamlakatda boş vazir ham bölib, hokimiyatning bir qismi uning izmida edi.
Muhammad Musaddiq
1951 yilda Muhammad Rizo Pahlaviy kelib çiqişi Qojarlar sulolasiga borib taqaladigan Muhammad Musaddiqni boş vazir etib tayinlaydi.
Musaddiq Eron neft konlarini milliylaştiriş qonunini işlab çiqadi va uni tatbiq qilişni boşlaydi. U Erondan AQŞ hamda Britaniya kompaniyalarini va ularning mutaxassislarini çiqarib yuboradi.
Oqibatda Eronning AQŞ va Britaniya bilan munosabatlari keskin yomonlaşadi. 1952 yil oktyabrda Musaddiq Britaniya bilan diplomatik munosabatlarni uzadi.
Mavzuga oid
11 min
Öşanda Muhamad Rizo Pahlaviy Ğarb davlatlari bilan munosabatlar yomonlaşişiga qarşi böladi va şu sababli Muhammad Musaddiqning bosimi ostida qoladi.
1953 yilda MRB rahbari Musaddiqni ağdariş uçun 1 mln dollar ajratadi. Eronda namoyişlar boşlanadi va odamlar Muhammad Rizo Pahlaviyning suratlarini yirtib, haykallarini yiqita boşlaydi. Şoh Rimga qoçadi.
1953 yil avgustda Musaddiq MRB va MI-5 xodimlari yordamida ağdariladi. Uning örniga içki işlar vaziri bölib işlab turgan Fazlulloh Zohidiy Eron boş vaziri böladi.
Şundan söng Muhammad Rizo Pahlaviy Tehronga qaytadi. Eron AQŞ va Britaniya bilan hamkorlikni qayta tiklaydi. Ğarb kompaniyalari bu davlatda yana neft qazib ola boşlaydi.
Eronning sobiq şohi Muhammad Rizo Pahlaviy
Endi, Eron-Isroil munosabatlariga kelsak, 1950 yilda forslar yahudiy davlatini tan oladi. 1961 yilda Isroil boş vaziri Devid Ben Gurion Eronga davlat taşrifi bilan keladi. Fors davlatining AQŞ va Isroil bilan döstona aloqalari 1979 yilgaça davom etadi.
Inqilob va AQŞ bilan duşmanlikning boşlanişi
1978 yil yanvarda Qum şahrida namoyiş vaqtida politsiya ikki nafar talabani öldiradi. Şundan söng şahar aholisi şoh tuzumiga qarşi oyoqqa turadi. Köp ötmay namoyişlar boşqa şaharlarda ham boşlanadi.
Pahlaviy mamlakatda harbiy holat joriy etib, namoyiş ötkazişni taqiqlaydi. Ammo xalq noroziligi nazorat qilib bölmas darajaga yetib bölgandi. 1978 yil dekabr oyi boşlarida namoyişlar yanada kuçliroq avj oladi.
1979 yil 16 yanvar kuni Pahlaviy xorijga qoçib ketadi. 1 fevralda oyatulloh Humayniy uzoq yillik qoçqinlikdan söng Tehronga qaytadi. Eronda hokimiyat Islom respublikasi tuziş uçun harakat qilgan inqilobçilar qöliga ötadi.
1979 yil dekabrda Eronda yangi konstitutsiya qabul qilinadi. Unga köra, mamlakatning diniy rahnamosi – oliy rahbar, buyuk oyatulloh böladi. Siyosiy va fuqarolik hokimiyati esa prezident, Oliy Majlis va boş vazir ixtiyorida qoladi.
Ruhulloh Xumayniy Eronning ilk oliy rahbariga aylanadi. Abuhasan Banisadr fors davlatining birinçi prezidenti böladi.
Eronning birinçi oliy rahbari Ruhulloh Xumayniy
Eronda yangi davlat tuzilgaç Ğarb kompaniyalariga tegişli barça mulklar, neft konlari hamda ularni qayta işlaş zavodlari milliylaştiriladi va davlat tasarrufiga ötkaziladi. Oqibatda, Eron va Ğarb örtasidagi munosabatlar yomonlaşadi.
AQŞ elçixonasining egallanişi va barbod bölgan amaliyot
1979 yil 4 noyabr kuni eronlik bir guruh şaxslar, ularning asosiy qismi talabalar bölgani aytiladi, AQŞning Tehrondagi elçixonasiga bostirib kiradi. Söng elçixonada bölgan 66 kişini garovga oladi.
Öşanda eronliklar AQŞga şart qöyib, garovdagilarni şoh Muhammad Rizo Pahlaviyga almaştirişlarini aytişadi. AQŞ muzokara yöli bilan garovdagilarni ozod qila olmagaç ularni qutqariş uçun maxsus amaliyot ötkazişga qaror qiladi.
Amaliyot boşlanişidan avval, 1980 yil 7 aprel kuni AQŞ Eron bilan diplomatik aloqalarni uzadi. Prezident Jimmi Karter fors davlati bilan moliyaviy amaliyotlarni butunlay töxtatiş haqidagi farmonni imzolaydi.
Amaliyot rejasiga köra, AQŞ qurolli kuçlari tarkibidagi “Delta” maxsus guruhi samolyotlar va vertolyotlar bilan Eron markazida joylaşgan Daşti Kabir çöliga qönişi lozim edi.
Şunda boşqa bir guruh Tehron yaqinidagi taşlandiq aerodromni egallaşi, keyin çölga tuşgan maxsus guruh poytaxtga yetib borib, AQŞ elçixonasiga qarab harakatlanişi belgilangandi.
Jimmi Karter va Sayrus Vens, 1970-yillar oxirlari
Öşanda bu amaliyotga AQŞ davlat kotibi Sayrus Vens qarşi çiqadi. Prezident Jimmi Karter uni ötkazişni talab qiladi. 1980 yil 24 aprel kuni boşlangan bu amaliyot maxsus kuçlarning nönoqligi, noqulay ob-havo va harbiy texnikalar nosozligi tufayli öşa kunning özida barbod böladi.
Amaliyot boşlanganidan söng maxsus kuçlar safidagi sakkiz nafar harbiy halok böladi. Bir neça vertolyot qulab tuşadi. Şundan söng amaliyotni töxtatiş va ortga qaytiş buyruği beriladi.
Çölda qöngan samolyotlarning ikkitasi eronliklar tomonidan yöq qilinadi. Vertolyotlar taşlab ketiladi va ular Eron armiyasiga ölja böladi.
Bundan taşqari eronliklar halok bölgan AQŞ harbiylarining jasadlari, amaliyotga tegişli maxfiy hujjatlar va radio kod kitoblarini qölga kiritadi. Omon qolgan amerikalik harbiylar şikastlanmagan samolyotlarda evakuatsiya qilinadi.
Ana şu muvaffaqiyatsiz amaliyot ortidan 1980 yil 28 aprel kuni AQŞ davlat kotibi Sayrus Vens iste’foga çiqadi. Öşa yili kuzda ötkazilgan prezident saylovida Jimmi Karter katta farq bilan Ronald Reyganga yutqazadi.
AQŞ va Isroilning Eronga havo hujumlari
Ötgan yillar davomida AQŞ va Isroil bir neça marta Eronga raketa va aviatsiya zarbalari beradi.
Jumladan:
1988 yil. AQŞ harbiy-havo kuçlariga qaraşli samolyotlar Eron neft platformalariga va kemalariga aviazarbalar yöllaydi. Eron tomoni javob qaytaradi.
Bu töqnaşuvda fors davlati jiddiy yöqotişlarga uçraydi. Amerikaliklar Eronning bir neçta kemasini çöktiradi, neft platformalarini vayron qiladi. Oxir-oqibat oliy rahbar Xumayniy sulhga rozi böladi.
2024 yil 19 aprel. Isroil Eronning Isfahon şahridagi muhim obektlarga raketa zarbalari beradi.
2024 yil 26 oktyabr. Isroil raketalar yordamida Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlariga zarbalar yöllaydi.
Nişonga olingan obektlar orasida Rossiyadan sotib olingan S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari saqlangan joylar ham bor edi.
2025 yil 13 iyun. AQŞ harbiy-havo kuçlariga qaraşli samolyotlar Eronga aviazarbalar bera boşlaydi. Fors davlati ham bunga javoban Isroilga va AQŞning Fors körfazidagi davlatlarda joylaşgan harbiy bazalariga öz raketalarini yöllaydi.
AQŞning Eronga aviazarbalar berişi va eronliklarning bunga javoblari 12 kun davom etadi va 2025 yil 24 iyunda tugaydi. Bu harbiy mojaro tarixda “12 kunlik uruş” nomi bilan qolgan.
Öşanda AQŞ va Isroilning hujumlari tufayli Islom inqilobi qöriqçilari korpusi boş qömondoni Husayn Salomiy, şu taşkilotning Aerokosmik kuçlari qömondoni Amir Ali Hojizoda halok böladi.
Husayn Salomiy
Yuqoridagilardan taşqari, Isroil va AQŞ Eronning Iroq hamda Suriyada joylaşgan Islom inqilobi qöriqçilari korpusi qarorgohlariga zarbalar yöllaydi.
Jumladan, 2020 yil 3 yanvar kuni AQŞ harbiylari Bağdod aeroporti yaqinida ketayotgan kortejga raketa zarbasi beradi. Oqibatda eronlik taniqli general, Islom inqilobi qöriqçilari korpusining “Quds” maxsus bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniy halok böladi.
2023 yil 25 dekabr kuni Isroil Suriya poytaxti Damaşq şahri yaqinidagi qarorgohga raketa zarbasi beradi. Oqibatda, Islom inqilobi qöriqçilari korpusining yuqori martabali generali, Qosim Sulaymoniyning yaqin yordamçisi sifatida faoliyat yuritgan Sayyid Roziy Musaviy halok böladi.
Qosim Sulaymoniy
Bu şaxs öşa paytda Başar Asad boşqaruvidagi Suriya armiyasining maslahatçisi bölgan va Livandagi “Xizbulloh” jangarilariga qurol-yaroq yetkazib berişda asosiy vazifani bajargan.
2026 yil 28 fevral. AQŞ va Isroil Eronga yana raketa va aviatsiya zarbalari berişni boşladi. Oqibatda Erondagi köplab obektlar vayron böldi.
Şuningdek, Eron oliy rahbari Ali Xominaiy, Eron qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Abdulrahim Musaviy, mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi quruqlikdagi qöşinlar qömondoni Muhammad Pokpur, Eron mudofaa kengaşi kotibi Ali Şamhoniy va Eron oliy rahbarining harbiy idorasi rahbari Muhammad Şiroziy va boşqalar halok böldi.
Ali Xominaiy
Öşandan buyon AQŞ va Isroil Eronga zarba berişda davom etmoqda. Eron ham Fors körfazida joylaşgan BAA, Qatar, Bahrayn davlatlaridagi AQŞ harbiy bazalariga va Isroilga javob zarbalari yöllamoqda.
Töqnaşuv boşlanganidan buyon AQŞ prezidenti Donald Tramp turli bayonotlar bermoqda. Ular orasida Eronga quruqlikdan hujum qiliş haqidagi gaplar ham bor. Kelajakda voqealar rivoji qanday keçadi, buni vaqt körsatadi. Biz esa uruşga qarşimiz va dunyoda doimo tinçlik hukm surişini xohlaymiz.