Bir neça Yevropa mamlakati Tehron bilan öz kemalarining Hörmuz böğozi orqali xavfsiz ötişini kafolatlaydigan kelişuv tuziş yuzasidan dastlabki muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 13 mart, juma kuni, muhokamalar borişidan xabardor manbalarga tayanib Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi xabar qildi. Muhokamalarning maqsadi — Fors körfazidan energiya taşuvçilar yetkazib berişni qayta tiklaş.

Nomi oçiqlanmagan ikki amaldorning sözlariga köra, muzokaralarda Fransiya iştirok etmoqda. Ulardan biri Italiya ham bu masalada Tehron bilan muhokama boşlaşga uringanini aytgan. Şu bilan birga, har ikki suhbatdoş ham muzokaralar olğa siljişiga yoki Eron umuman bu mavzuda gaplaşişga tayyorligiga heç qanday kafolat yöqligini ta’kidlagan.

Italiya hukumati şu kuniyoq Eron bilan boşlangan muzokaralar haqidagi ma’lumotni rad etdi. Italiya boş vaziri Jorja Meloni idorasiga yaqin dpa agentligi manbalarining bildirişiça, Italiya kemalarining Hörmuz böğozi orqali ötişini ta’minlaş masalasida Eron bilan heç qanday “ikki tomonlama muzokaralar yoki töğridan töğri aloqalar” bölmagan.

Italiya Taşqi işlar vazirligidagi manbalar esa diplomatik muloqotlar davomida “umumiy harbiy deeskalatsiya uçun şaroit yaratiş” maqsad qilinganini, ammo ayrim savdo kemalarini boşqalari hisobiga saqlab qolişga qaratilgan heç qanday yopiq muzokaralar olib borilmayotganini aytgan.

Yelisey saroyi dpa'ning izoh söroviga javob bermagan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa bundan avval, agar mojaro pasaysa, Parij kemalarga hamrohlik qilişda iştirok etişga tayyor ekanini bildirgan edi.

Yevropa hukumatlari Hörmuz böğozining uzoq muddat tösib qöyilişi sababli yetkazib berişdagi uzilişlar korxonalar va xonadonlar uçun energiya taşuvçilar narxining yanada oşib ketişiga olib kelişi, qit’aning iqtisodiy muammolarini yanada oğirlaştirişi va milliy budjetlarga tuşadigan yukni kuçaytirişi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi FT.

Bundan avval Italiya, Fransiya va Gretsiya Yevropa Ittifoqining Aspides harbiy-dengiz missiyasi doirasida öz harbiy kemalarini Qizil dengizda joylaştirgan edi. Ammo naşr manbalariga köra, hozirça biron-bir Yevropa floti mojaro keskinlaşib ketişidan qörqqani uçun kemalarni böğoz orqali kuzatib ötişga tayyor emas.

Amaldorlardan birining aytişiça, qator Yevropa davlatlari Eron bilan muloqot yölga qöyişga bölgan urinişlarga qarşi çiqqan. Gap aynan qaysi davlatlar haqida ketayotganiga u aniqlik kiritmagan. Suhbatdoş şunday degan: “Ayrimlar biz eronliklar bilan gaplaşişimiz kerak, deb hisoblaydi. Ammo [YeI davlatlari] bu masalada mutlaqo turliça qaraşlarga ega, bu esa vaziyatni murakkablaştirmoqda”.