Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Feruza Ro‘zimboyevna Madrahimova Urganch davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Feruza Madrahimova ushbu tayinlovga qadar Urganch davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, hukumat qarori bilan Rustambek Rasulovich Tojiyev Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori lavozimida ishlagan.









