Ma’lum bölişiça, Tojikiston hududidan Sirdaryo daryosi orqali Özbekiston davlat çegarasini noqonuniy ravişda buzib ötgan Bekobod şahrida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan fuqaro qölga olingan. Uning yoni tekşirilganda 5 kilogramm 31 gramm “gaşiş” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va bojxona idoralari hamkorligida poytaxtda faoliyat yurituvçi xususiy tibbiy klinikalardan birida ötkazilgan tekşiruv davomida yana bir holat foş etildi. Xona xolislar iştirokida közdan keçirilganda, mazkur şifoxonada davolanayotgan 1970 yilda tuğilgan şaxsga tegişli 1 kilogramm 367 gramm “gaşiş” moddasi borligi ma’lum böldi.
Bundan taşqari, DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Farğona tumanida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan şaxs muqaddam jinoiy şerigi tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kilogramm 21 gramm “gaşiş” moddasini olgan vaqtida uşlandi. Tekşiruv jarayonida uning yaşaş xonadonidan 2 gramm “opiy” moddasi ham aşyoviy dalil sifatida olindi.
Olib borilgan çora-tadbirlar natijasida mazkur şaxsning jinoiy şerigi hisoblangan Farğona şahrida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan fuqaro ham qölga olindi.
Navbatdagi holatda esa oldindan kuzatuvga olingan Qöştepa tumanida istiqomat qiluvçi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro özining “Nexia” rusumli avtomaşinasida Marğilon şahri hududida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtoulovdan 996 gramm “gaşiş” moddasini uloqtirib, voqea joyidan qoçişga uringan. U aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda uşbu qonunbuzarlik holatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mas’ul idoralar fuqarolarni bu kabi qonunbuziliş holatlari haqida Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Murojaat etuvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.












