Amerikaning Dubay va Bahrayn poytaxti Manamada joylaşgan Citibank banki bölimlariga dronlar yordamida hujum qilindi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Islom inqilobi qöriqçilari korpusi bu hujumlarni Eronning ikki bankiga berilgan zarbalarga javob deb atadi.
«Amerika banki bölimlariga hujum duşmanning Eronning ikki bankiga nisbatan tajovuziga javob sifatida amalga oşirildi va agar duşman bunday harakatni yana takrorlasa, Amerikaning mintaqadagi barça bank bölimlari bizning qonuniy nişonimizga aylanadi»,— dedi IIQK vakili Ali Muhammad Nainiy.
11 mart kuni Tehrondagi Sepah Bank raketa hujumiga uçradi, deb xabar bergandi Iran International telekanal. Telekanalning ma’lumot berişiça, bank binosi vayron bölgan.
The Wall Street Journal naşrining yozişiça, Sepah Bank Eron xavfsizlik kuçlariga maoş tölaydi.


















