Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 15 mart, yakşanba. Bu hafta ham Erondagi uruş tugamadi. Forslarning arab davlatlariga hujumi susaydi, lekin baribir uruş davom etmoqda. Uruş fonida neft narxi kötarildi, Amerika Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumşatdi, oqibatda Moskva kuniga yuz millionlab dollar qöşimça foyda köra boşladi. Quyida haftaning şu va boşqa muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Uruş davom etdi

Hafta davomida Erondagi uruş davom etdi. Donald Tramp aytganidek, bu davlatda uriş mumkin bölgan heç qanday nişon qolmadi. Amerika çindan Eronning harbiy imkoniyatlarini yöqqa çiqardi. Buni har kunlik otilayotgan raketalar soni kamayib borayotganidan ham biliş mumkin.

Lekin uruş boşlaşdan maqsad faqat şu emas, Amerika va Isroil Eronda tuzumni ağdarmoqçi edi. Lekin bunday bölmadi, eronliklar Xominaiy örniga uning öğlini rahbarlikka sayladi. Uni ham öldirişsa, katta ehtimol xuddi şu yönalişdagi yana kimdir rahbar böladi.

Tramp «Amerika uruşning ilk soatlaridayoq ğalaba qozonganini» e’lon qildi, lekin bu gapga amerikaliklar ham işongani yöq. Özi bu kimdir yutadigan uruş bölayotgani yöq. Amerika Eronning harbiy qudratini yöq qilişi mumkin, lekin bu davlatdagi qarşilik ğoyasi baribir yöqolib qolmadi. Qurollar yöq bölgandir, lekin uni yasaydigan injyenerlar bor. Yadro dasturini ham toğ ostidagi omborlar emas, odamlar yaratadi. Xullas, Amerika Xominaiy ölsa, Eronda barçasi butkul özgarib ketişini kutgandi, lekin Eron ular öylaganidan boşqaça davlat bölib çiqdi.

Razvedka hisoboti

Reuters öz manbalariga tayanib Amerika razvedkasining Erondagi uruş böyiça xulosalarini e’lon qildi. Unda aytilişiça, razvedka Eronda tuzum qulaşining heç qanday alomatlarini körmagan, hukumat hamon aholi ustidan töliq nazoratni saqlab qolgan. Erondagi amaldagi boşqaruv tuzumi qulaşi uçun xavf borligi ham aniqlanmagan. Şuningdek, isroillik mulozimlar ham uruş Eronda tuzum özgarişiga olib kelmasligini tan olgan.

Futbolçilar xavf ostida

Hafta davomida Avstraliyadagi Osiyo çempionatida qatnaşayotgan eronlik ayol futbolçilar mavzusi dunyo muhokamasida böldi. Öyinlardan biri boşlanişida eronlik futbolçi qizlar mamlakat madhiyasini kuylamagan. Madhiyada Eron oliy rahbari uluğlangani, Xominaiy AQŞ tomonidan öldirilgani sabab bu hodisa Eronda juda yomon qarşilandi. Özi eronlik futbolçilar madhiya kuylamasligi yangilik emas, Qatardagi jahon çempionatida eronlik erkak futbolçilar ham madhiya kuylamagandi. Bu öziga xos jimlik manifesti hisoblanadi.