Daily Mail xabar berişiça, Glis jahon uruşi allaqaçon boşlangan bölişi mumkinligini körsatuvçi uçta asosiy belgini ajratgan. Uning aytişiça, birinçi belgi — «tanlov asosidagi uruş»dir. Bunday holatda davlatlar harbiy mojaroni özini himoya qiliş uçun emas, balki ikki yetakçining ataylab qabul qilgan qarori asosida boşlaydi.

Yana bir mezon sifatida u «kuç hal qiladi», deb hisoblaydigan siyosatçilar pozitsiyasini keltirdi, hatto buning uçun xalqaro huquqni e’tiborsiz qoldirişga töğri kelsa ham.

Uçinçi omil sifatida Glis uruşni tezroq töxtatiş yölini izlaş örniga, qon tökilişni davom ettiriş istagini tilga oldi.

Professor Ikkinçi jahon uruşini ham esladi. Uning sözlariga köra, Yaponiya 1941 yilda Havayidagi Perl-Xarborga hujum qilişga qaror qilganidan keyin uruş global tus olgan. Şundan söng Adolf Hitler AQŞga uruş e’lon qilgan.

Glis ta’kidlaşiça, hozirgi vaziyatni Rossiya göyoki Eronga AQŞ kuçlarining joylaşuvi haqida razvedka ma’lumotlarini yetkazib bera boşlagani töğrisidagi xabarlar yanada keskinlaştirgan. Şuningdek, professor Rossiya va Xitoy Eronning iqtisodiy hamkorlari ekanini ham eslatdi.

Har ikki davlat AQŞ va Isroil hujumlarini oçiqçasiga qoraladi, şuningdek, bu holat mintaqadagi jangovar harakatlar kölami kengayişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Glisning fikriça, Tramp öz ğalabasini e’lon qiliş orqali jangovar harakatlarni töxtatişi mumkin. Biroq u xavotir bildirişiça, Tramp “abadiy uruşlar”ga örganib qolgan Netanyahu tuzoğiga tuşib qoliş xavfiga ega.

Tramp allaqaçon Eron harbiy kuçlarining salmoqli qismidan mahrum bölgani sababli uruş deyarli yakunlanganini aytgan. Ammo Glis bu holatda boşqa davlatlar ham özlarining “tanlov asosidagi uruşlari”ni boşlaşi mumkinligini istisno qilmadi.