Dubay xalqaro aeroporti yaqinida dron hujumidan söng yonğin çiqdi. BAA Fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi 16 mart, duşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qilişiça, parvozlar vaqtinça töxtatilgan. Ularni qaçon qayta tiklaş rejalaştirilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Idora ma’lumotiga köra, bu “barça yölovçilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida körilgan ehtiyot çoralari” bilan boğliq bölgan.

“Dubay xalqaro aeroporti yaqinidagi dron hodisasi yoqilği rezervuarlaridan biriga ta’sir qildi”, — deb xabar qildi Dubay matbuot xizmati. Reuters agentligi ma’lum qilişiça, yonğin köp ötmay nazorat ostiga olingan.

Politsiya aniqlik kiritişiça, aeroportga olib boruvçi yöllar va tunnellardagi harakat vaqtinça tösib qöyilgan, Emirates aviakompaniyasi esa Dubayga parvozlarni töxtatgan. Qator reyslar Al-Maktum xalqaro aeroportiga yönaltirilgan.

Reuters eslatişiça, mazkur hodisa Fors körfazi davlatlariga Eron hujumlari 28 fevraldan boşlanganidan beri dunyodagi eng serqatnov transport tugunlaridan biri bölgan Dubay xalqaro aeroportidagi uçinçi şunday holat böldi.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi xalqaro aviatsiyada tartibsizlikka olib keldi. Raketa va dron hujumlari tahdidi sababli Yaqin Şarq havo hududining katta qismi yopiqligiça qolayotgani uçun reyslar bekor qilinmoqda, keçiktirilmoqda va boşqa yönalişlarga burilmoqda, şu bilan birga yoqilği narxi keskin oşib bormoqda.

Hukumat ma’lum qilişiça, uruş boşlanganidan beri BAA havo mudofaasi tizimi 1500 dan ortiq Eron droni va qariyb 300 ta raketani tösib qolgan. BAA mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, mojaroning keskin bosqiçi boşlanganidan beri olti kişi halok bölgan, ulardan tört nafari tinç aholi vakillaridir.

28 fevraldan beri AQŞ va Isroil Eronga qarşi keng kölamli havo hujumlarini amalga oşirmoqda. Buning natijasida Islom Respublikasining oliy rahbari Ali Xominaiy va Eron rahbariyatining boşqa a’zolari öldirilgan.