Ittifoqçilaridan yordam söragan Tramp, Netanyahuning «ölimiga» oid xabarlar va Qozoğistonda referendum – kun dayjesti
|19:35 / 16.03.202613 7739 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp ittifoqçilaridan yordam söradi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Hörmuz böğozi xavfsizligini ta’minlaşda yordam beriş böyiça yetti mamlakat bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
Trampning fikriça, Körfaz neftiga qattiq tayanadigan davlatlar böğozni himoya qiliş mas’uliyatini öz zimmasiga olişi şart: «men bu davlatlardan kelib, öz hududlarini himoya qilişni talab qilyapman, çunki bu ularning hududi. Bu ular energiya oladigan joy» dedi Tramp Floridadan poytaxtga uçayotib.
Oq uy ma’muriyati yetti hukumat nomini oşkor qilişdan boş tortdi. Lekin Trampning özi keyinroq ijtimoiy tarmoqdagi postida Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va boşqalar iştirok etişidan umidvorligini bildirdi.
Bundan taşqari, Tramp yevropalik ittifoqçilariga bosimni kuçaytirib, agar NATO a’zolari Vaşingtonga yordamga kelmasa, alyansni «juda yomon» kelajak kutayotganidan ogohlantirdi.
Şu kunlarda AQŞ rasmiylari yakşanba kuni Eron bilan uruş bir neça hafta içida tugaşini va şundan söng energiya xarajatlari pasayişini başorat qilmoqda. Trampning özi esa avvalroq Eron muzokaralar ötkazişni xohlayotganini bildirgan edi.
Ammo Eron taşqi işlar vaziri Abbos Araqçi yakşanba kuni bu da’voni rad etdi. «Biz heç qaçon öt oçişni töxtatişni söramaganmiz va hatto muzokaralar haqida ham söramaganmiz. Biz qança vaqt kerak bölsa, şunça özimizni himoya qilişga tayyormiz», dedi Araqçi CBC telekanaliga bergan intervyusida.
Netanyahuning «ölimiga» oid xabarlar
28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eronga hujumlari boşlanganidan beri Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu jamoatçilik oldida juda kam köriniş bermoqda. U asosan harbiy obektlar yoki zarba berilgan hududlarga borayotgan bölsa-da, bu tadbirlarda OAV xodimlari qatnaşmagan va faqat uning ma’muriyati tayyorlagan videolar tarqatilgan.
Şundan söng Erondagi ayrim OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarida Netanyahu «ölgan yoki oğir yaralangan» degan xabarlar tarqaldi. Uning ayrim videolari esa sun’iy intellektda yasalgani da’vo qilindi.
Mavzuga oid
15 mart — yakşanba kuni Binyamin Netanyahu kofe içib, yordamçisi bilan suhbatlaşayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Bu uning «ölgani yoki yaralangani» haqidagi miş-mişlarga javob böldi.
Quddus çekkasidagi kafelardan birida olingan videoda yordamçisi undan tarqalayotgan miş-mişlar haqida söraydi. Netanyahu kofe stakaniga qöl çözar ekan, ivrit tilida «Men kofening şaydosiman, (ivritçada 'kofe uçun ölamanʼ)», deya söz öyini qilib javob berdi.
Reuters agentligi kafening arxiv tasvirlari yordamida videodagi intererni soliştirib, suratga olingan joyni tasdiqlagan.
Aytiş mumkinmi, sun’iy intellekt rivojlangan davrda urişayotgan tomonlarning axborot siyosati ham manipulyativ körinişga kirgan.
Kubada namoyişlar
14 mart kuni erta tongda Kubaning markaziy qismida hukumatga qarşi namoyişçilar Kommunistik partiya idorasiga hujum qildi. AQŞning neft qamali tufayli yanada oğirlaşgan elektr ta’minotidagi uzilişlar aholining ommaviy noroziligiga sabab bölgan.
Mahalliy naşrlarga köra, juma kuni keçqurun Moron şahrida elektr energiyasi öçirilişi va oziq-ovqat taqçilligiga qarşi tinç yöl bilan boşlangan miting şanba kuni tong saharda zöravonlikka aylanib ketgan.
Bir guruh odamlar binoning kiriş qismini toşböron qilib, qabulxonadagi mebellarni köçaga olib çiqib, öt qöyişgan. Xabarda aytilişiça, namoyişçilar hududdagi dorixona va davlat bozorini ham nişonga olgan. Davlat OAVlarining bildirişiça, politsiya beş kişini hibsga olgan, jarohatlanganlar yöqligi aytilmoqda.
Uşbu namoyişlar böyiça Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel munosabat bildirdi. U uzoq vaqt davom etayotgan elektr uzilişlaridan ğazablanişni tuşuniş mumkinligini aytdi, biroq zöravonlikdan ogohlantirdi. «Vandalizm va zöravonlik uçun jazo muqarrar böladi», dedi prezident.
Sönggi haftalarda Donald Tramp Kuba tanazzul yoqasida ekani yoki AQŞ bilan kelişuvga intilayotgani haqida bayonotlar berdi. Kuba hukumati juma kuni inqirozni yumşatiş uçun Vaşington bilan muzokaralar boşlanganini ma’lum qildi.
Eronda 500 nafar josus qölga olindi
Eron politsiyasi boşliği AQŞ va Isroil tomonidan hujumlar boşlanganidan beri josuslikda ayblangan 500 kişi hibsga olinganini ma’lum qildi.
«Tasnim» yarim rasmiy axborot agentligi brigada generali Ahmadrizo Radanga tayanib xabar berişiça, uşbu şaxslarning bir qismi «duşman OAVlari foydasiga josuslik qiliş»da gumonlanib uşlangan.
Xususan, qölga olinganlarning 250 nafari Londonda joylaşgan «Iran International» teleradiokompaniyasiga razvedka ma’lumotlarini, jumladan, hujum nişoniga aylangan obektlar haqidagi axborotlarni yetkazib turgan.
Eron hukumati 2022 yilda «Iran International» telekanalini hukumatga qarşi notöğri ma’lumot tarqatiş va namoyişçilarni zöravonlikka undaşda ayblab, «terrorçi taşkilot» deb e’lon qilgandi. Gumonlanuvçilar, şuningdek, qurolli guruhlar bilan aloqadorlikda va jamoat tartibini buzişga urinişda ayblanmoqda.
Isroil Ğarbiy sohilda 4 kişini öldirdi
15 mart kuni Isroil kuçlari Iordan daryosining Ğarbiy sohilida falastinlik er-xotin va ularning ikki nafar yoş farzandini otib öldirdi.
BBC naşrining yozişiça, Bani Odeh oilasi Ğarbiy sohil şimolidagi Tammum şaharçasida öz avtomobilida ketayotganida Isroil kuçlari ularga qarata öt oçgan
Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, oilaning tört a’zosi — ota-ona Ali va Vaad, şuningdek, ularning ikki farzandi — 5 yoşli Muhammad va 7 yoşli Usmon halok bölgan.
Avtomobilda bölgan va öz oilasi ölimiga guvoh bölgan 8 va 11 yoşli ikki nafar katta yoşli bolalar esa öq parçalaridan olingan yengil jarohatlar bilan tirik qolgan.
Falastin Qizil yarim oy jamiyati öz bayonotida Isroil kuçlari dastlab tibbiyot xodimlarining avtomobil içidagi yaradorlarga yetib borişiga tösqinlik qilganini va ularga hududni tark etişni buyurganini ma’lum qildi.
Isroil harbiylari va çegara politsiyasi öşa vaqtda şaharçada qöşma operatsiya ötkazayotganini bildirdi. Ularning da’vo qilişiça, avtomobil Isroil kuçlari tomon tezlikni oşirib kelgan. Harbiylar özlarini xavf ostida his qilib, öt oçiş bilan javob qaytargan. Hodisa tafsilotlari örganilmoqda.
Qozoğistonda konstitutsiyaviy referendum
Yakşanba kuni Qozoğistonda ötkazilgan referendumda saylovçilar yangi konstitutsiyani ma’qulladi. Ekzit-poll natijalari saylovçilarning qariyb 87 foizi yangi konstitutsiyani qöllab-quvvatlaganini körsatdi. Markaziy saylov komissiyasi avvalroq saylovçilarning iştiroki 73 foizni taşkil etganini ma’lum qilgandi.
Yangi konstitutsiya mamlakat parlamentini soddalaştiradi va 1996 yilda bekor qilingan vitse-prezident lavozimini qayta tiklaydi. U prezidentga vitse-prezidentni, şuningdek, boşqa bir qator muhim amaldorlarni tayinlaş huquqini beradi.
Konstitutsiyaviy özgarişlarga qarşiliklar juda kam böldi; davlat tomonidan tasdiqlangan sörovnomalar köpçilik yangi hujjatni yoqlaşini körsatgan.
Poytaxtda ovoz berganidan söng prezident Qosim-Jömart Töqayev «uşbu konstitutsiya hokimiyatning bölajak transferini osonlaştiradimi?» degan savolga javoban navbatdagi prezidentlik saylovlari uning vakolat muddati tugaydigan 2029 yilda bölişini aytdi.
«Ba’zi ekspertlar Qozoğistonda hokimiyat uçun raqobat kuçayib borayotgani va xavotirga sabab böluvçi turli tendensiyalar ortib borayotganini taxmin qilmoqda. Biroq bu jamiyatga salbiy ta’sir körsatadi deb xavotirlanişga mutlaqo asos yöq», dedi Töqayev.
Amaldagi va yangi konstitutsiya ham prezidentlikni bir marta, yetti yillik muddat bilan çeklaydi — bu çeklov 2022 yilda Töqayevning özi tomonidan joriy etilgandi. Ammo bu hujjat — prezident Töqayevga 2029 yildan keyin ham hokimiyatda qoliş imkonini beruvçi «huquqiy tirqiş» yaratişi mumkin.