Yaqin Şarqdagi mojaroning kuçayişi fonida global miqyosida neft yetkazib berişda uzilişlar kuzatilyapti. Jahon neft eksportining qariyb beşdan bir qismi ötadigan Hörmuz böğozida kema qatnovi deyarli töxtab qoldi, bu esa yonilği narxlarining kötarilişiga sabab bölyapti.
Harbiy harakatlar boşlanişidan oldin Özbekistondagi birja savdolarida 1 tonna AI-92 markali benzin bahosi 12 mln 83 ming sömni taşkil etgan. Keyingi 4 ta savdo sessiyasida narxlar umumiy hisobda 2 foizga yoki 1 tonna uçun 11 mln 841 ming sömgaça pasaydi.
Keyinçalik global bozordagi narxlarning qimmatlaşişi fonida Özbekiston bozorida ham benzin bahosi oşa boşladi. 13 mart kungi savdolarda 1 tonna AI-92 12 mln 704 ming sömdan sotildi. Bu 27 fevral kungi narxlarga nisbatan 5,1 foizga qimmatroq.
Benzin importiga qaramlik
Özbekistonda neft qazib oliş va qayta işlaş quvvatlari mavjud bölsa-da, içki ehtiyojni töliq qoplaş uçun importga boğliqlik yildan yilga oşib boryapti. Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 166 mln dollarlik 279 mln litr benzin import qilingan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan miqdor jihatdan 2 barobarga, qiymat jihatdan esa 2,1 barobarga köp. Oxirgi oylarda içki talabning qariyb teng yarmi taşqaridan olib kirilayotgan benzin hisobiga qondirilyapti.

Öz navbatida içki işlab çiqariş hajmi ham oxirgi 2 yilda sezilarli darajada kamaydi. Masalan, 2023 yilda 1 mln 333 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç 2025 yilda 1 mln 200 ming tonnagaça yoki 10 foizga qisqargan.













