Bokudagi sud fransiyalik tadbirkor Martin Rayanni 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. 16 mart, duşanba kuni u «josuslik» işi böyiça aybdor deb topildi, deb xabar bermoqda AFP va Reuters. U Bokuning Turkiya va Pokiston bilan harbiy hamkorligi haqida maxfiy ma’lumotlarni töplaganlikda ayblanmoqda.

Rayanning ehtimoliy şerigi sifatida körilgan Ozarboyjon fuqarosi Azad Mamedli esa «davlatga xiyonat» aybi bilan 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud muhokamasi 2025 yil yanvaridan buyon davom etayotgan edi. Har ikki ayblanuvçi ham öz aybini tan olmadi.

Mercorama kompaniyasining boş direktori Martin Rayan 2023 yil dekabrida qölga olingan. Iş materiallarida aytilişiça, u Fransiya diplomatlari bilan uçraşib turgan, ammo ular amalda maxsus xizmat xodimlari bölgani iddao qilingan, şuningdek u ularni Mamedli bilan taniştirgan.

Rayanning aytişiça, u 2015 yilda Ozarboyjonga kelgan va şundan buyon Fransiya diplomatik missiyasining ayrim xodimlari bilan tanişgan. Tadbirkorning suddagi bayonotlariga tayanib yozilişiça, ular turli mavzularni muhokama qilgan bölsa-da, u heç qaçon elçixona xodimlaridan pul olmagan va moliyaviy manfaatni közlamagan. Oxu naşri ma’lumotiga köra, Rayan Toğli Qoraboğ mojarosi davrida Ozarboyjon armiyasining qurollanişi va şaxsiy tarkib bilan ta’minlanişi haqida ma’lumot töplaganlikda ayblangan.

AFP qayd etişiça, tadbirkorning qölga olinişi Parij va Boku örtasida jiddiy diplomatik taranglik hukm surayotgan bir paytda yuz bergan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 2023 yilda Fransiyani Armanistonga fransuz qurollarini yetkazib beriş orqali Kavkazda yangi uruşni qözğatişda ayblagan edi. Parijda esa Boku Yerevanga tahdid solayotgani aytilgan.

Şu munosabat bilan Ozarboyjon fransuz diplomatlarini mamlakatdan çiqarib yubordi, ortidan Parij ham xuddi şunday çora kördi. Fransiya Taşqi işlar vazirligi Rayanning hibsga olinişini «özboşimçalik» deb atadi va uni ozod qilişga çaqirdi, ammo bu urinişlar samara bermadi.