Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Uruş davom etmoqda. Tramp ittifoqçilaridan xafa
AQŞ prezidenti Donald Tramp Ğarbdagi ayrim ittifoqçilarini «minnatdorlik bildirmaslikda» aybladi. Bunga bir qança davlatlar Hörmuz böğozida neft tankerlarini kuzatib boriş uçun harbiy kemalar yuboriş böyiça uning talabini rad etgani sabab böldi.
Tramp Oq uy tadbirida sözga çiqib, köplab davlatlar unga yordam berişga tayyorligini aytganini bildirdi, biroq ba’zi eski ittifoqçilaridan noroziligini yaşirmadi.
«Ba’zilar bunga juda iştiyoqmand, ba’zilari esa yöq», dedi u tafsilotlarga töxtalmay. «Ba’zilari şunday mamlakatlarki, biz ularga juda köp yillar davomida yordam berganmiz. Biz ularni dahşatli taşqi manbalardan himoya qildik, lekin ular unçalik iştiyoq körsatmadi».
AQŞning qator hamkorlari, jumladan, Germaniya, Ispaniya va Italiya Eron tösib qöygan strategik suv yölini qayta oçiş uçun kemalar yuboriş rejasi yöqligini bildirdi.
«Bizda BMT, Yevropa Ittifoqi yoki NATO tomonidan berilgan, Asosiy qonunimiz (Konstitutsiya) talab qiladigan mandat yöq», dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers. Şuningdek, u Vaşington va Isroil uruş boşlaşdan oldin Germaniya bilan maslahatlaşmaganini qöşimça qildi.
AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi esa uçinçi haftadirki, davom etmoqda. Hayotiy muhim Hörmuz böğozi deyarli yopiqligiça qolgan. Seşanba kuni erta tongda har ikki tomondan hujumlar töxtagani yöq.
Isroil harbiylari Tehron böylab «Eron infratuzilmalari»ni, şuningdek, Bayrutdagi «Hizbulloh» obektlarini nişonga olayotganini ma’lum qildi.
Eron esa Isroilga tungi hujumlar uyuştirib, hamon uzoq masofali zarbalar beriş qobiliyatini saqlab qolganini körsatdi. Şuningdek, u Birlaşgan Arab Amirliklarini ham nişonga oldi: dron ketma-ket ikkinçi kun neft eksporti uçun muhim port bölgan Fujayradagi neft obektiga zarba berdi.
Duşanba kuni dunyodagi eng gavjum aeroportlardan biri bölgan Dubay xalqaro aeroporti bir neça soatga yopildi; Fujayradagi neft yuklaş işlari töxtatildi va Abu-Dabidagi «Şoh» gaz konidagi işlar ham dron zarbalaridan söng töxtatib qöyildi.











