Jismoniy şaxslarning mol-mulk va yer soliği böyiça qarzdorligi 1 million sömdan oşganda uni elektr energiyasining billing tizimi orqali undiriş 2026 yil 16 apreldan boşlab Namangan viloyatida joriy etiladi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.

Uşbu tizim viloyatda sinovdan ötkaziladi. Şu munosabat bilan “Soliq billing” avtomatlaştirilgan axborot tizimi işlab çiqildi.

Agar jismoniy şaxsning soliq qarzdorligi 1 million sömdan oşsa, avvalo fuqaro bir neça bosqiçda ogohlantiriladi. Dastlab fuqaroga soliq hisoblangani haqida xabarnoma, şundan söng SMS orqali eslatma, agar fuqaroda “Soliq” mobil ilovasi mavjud bölsa, xabarnoma yuboriladi.

Bundan taşqari, my.gov.uz orqali ham fuqaroning şaxsiy kabinetiga xabar yuborilişi mumkin. Şundan keyin soliq organi tomonidan elektr töloviga çeklov kiritilişi mumkinligi töğrisida SMS xabarnoma yuboriladi.

Barça ogohlantirişlarga qaramay, soliq qarzdorligi bartaraf etilmasa, fuqaroning elektrga tölov qiliş imkoniyatiga vaqtinçalik çeklov kiritiladi. Qarzdorlik bartaraf etilsa, çeklov onlayn tartibda darhol bekor qilinadi.

Agar tizim sinovdan muvaffaqiyatli ötsa, barça hududlarda joriy qilinadi. Soliq qömitasi sinov natijalari asosida 2026 yil 1 oktyabrgaça qolgan hududlarda ham uşbu tizimni joriy etiş böyiça takliflarni hukumatga kiritişi kerak.