Donald Tramp ma’muriyati Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel hokimiyatdan çetlatilişiga erişmoqçi, deb xabar berdi The New York Times törtta manbaga asoslanib.
Muzokaralar çoğida Amerika tomoni Kubaga mamlakat prezidenti ketişi kerakligini ma’lum qilgan, şu bilan birga, keyingi qadamlar kubaliklarning ixtiyoriga qoldirilgan. Tramp ma’muriyati rasmiylariga köra, Dias-Kanelning hokimiyatdan çetlatilişi Kubada tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş imkonini beradi, Vaşingtonning fikriça, mamlakatning amaldagi prezidenti ularni qöllab-quvvatlaşi dargumon.
NYT suhbatdoşlaridan biriga köra, Vaşington Kuba hamon Fidel Kastro ğoyalariga sodiq qolayotgan ayrim keksa siyosatçilar ham hokimiyatdan çetlatilişini xohlaydi. Şu bilan birga, AQŞ hozirça mamlakatda juda nufuzli şaxslar bölib qolayotgan Kastro oilasi a’zolariga qarşi heç qanday çora körişni talab qilmayapti.
Gazeta manbasining sözlariga köra, Kuba prezidentining hokimiyatdan çetlatilişi Donald Tramp uçun Venesuelada bölgani kabi «uzoq vaqtdan beri AQŞga qarşi bölgan söl hukumat rahbarini ağdarganini e’lon qiliş imkonini beruvçi ramziy ğalaba bölardi». «AQŞ rasmiylari nuqtayi nazariga köra, muzokaralar Kuba öz iqtisodiyotini Amerika işbilarmonlari va kompaniyalari uçun bosqiçma-bosqiç oçib berişiga, qaram davlat yaratilişiga zamin yaratişga, şuningdek, Tramp e’lon qilişi mumkin bölgan bir neçta ramziy siyosiy ğalabalarga erişişga qaratilgan», – deyiladi materialda.
65 yoşli Migel Dias-Kanel 2018 yildan buyon Kuba prezidenti hisoblanadi. The New York Times uni davlatning nominal rahbari deb atagan. Kuba sobiq prezidenti, hozirda 94 yoşda bölgan va hamon mamlakatda katta ta’sirga ega Raul Kastro Dias-Kanelni öz vorisi etib tanlagandi.
Donald Tramp avvalroq AQŞ Kubani «döstona qöşib olişi» mumkinligini aytgandi. Uning fikriça, Kuba hukumati «tez orada qulaydi». The Wall Street Journal xabariga köra, Tramp ma’muriyati 2026 yil oxirigaça mamlakatda hokimiyatni almaştiriş uçun Kuba hukumati içidan agentlar izlagan.
Migel Dias-Kanel 13 mart kuni Kuba vakillari AQŞ hukumati bilan muzokaralar boşlaganini aytdi. Uning sözlariga köra, Kuba rasmiylari muloqot orqali «mamlakatlar örtasida mavjud bölgan ikki tomonlama kelişmovçiliklar uçun yeçim topiş»ni istaydi.
16 mart kuni Kubada blekaut yuz berdi. Dias-Kanel uç oydan ortiq vaqtdan buyon mamlakatga neft kirmayotgani va quyoş energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik elektr stansiyalari hisobiga işlayotganini aytgan. Kuba oldin neftni Venesueladan olardi, biroq AQŞ Venesuela rahbari Nikolas Maduroni ağdargaç, yetkazib beriş töxtatildi.












