2025 yilda Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalarining kirib kelişi 18,9 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu 2024 yilga nisbatan 4,1 mlrd dollarga yoki 27,7 foizga köp.
«2025 yilda Özbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari hajmining ösişiga, mehnat muhojirlari işlaydigan mamlakatlarda işçi kuçiga talab va iş haqlarining nisbatan barqaror darajada saqlanib qolişi bilan bir qatorda ulardagi iqtisodiy faollikning oşişi hamda milliy valuta kurslari mustahkamlanişi ham ta’sir qildi», deyiladi MB xabarida.
Ötgan yilda transfertlar hajmi Buyuk Britaniyadan 39 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 37 foizga (Irlandiya 2,6 barobar, Xorvatiya 2,5 barobar, Slovakiya 67 foiz, Litva 57 foiz, Niderlandiya 49 foiz, Polşa 9 foiz), AQŞdan 15 foizga hamda Janubiy Koreyadan 15 foizga köpaygan. Bu esa migratsiya geografiyasi kengayayotganini körsatadi.

Ötgan yilda ham Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalarining asosiy qismi Rossiyadan kelib tuşgan. Uşbu mamlakatning umumiy transfertlardagi uluşi 80 foiz atrofida bölişi mumkin. Markaziy bank aniq raqamlarni oçiqlamagan. Öz navbatida, 2022-2025 yillar oraliğida transfertlar Qozoğistondan 24,5 foizga, AQŞdan 50 foizga, Janubiy Koreyadan 2,1 barobarga, Turkiyadan 2,5 barobarga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 2,4 barobarga köpaygan.
2017-2025 yillar oraliğida Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalari dinamikasining özgarişi

2020-2025 yillar oraliğida mamlakatga yuborilgan ötkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi içki mahsulotdagi uluşi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgaça köpaydi.
Iş haqi differensiatsiyasi
Migratsiya qarorlarining asosiy iqtisodiy drayverlaridan biri qabul qiluvçi va yuboruvçi mamlakatlar örtasidagi iş haqi farqidir. Xalqaro mehnat taşkiloti ma’lumotlariga köra, eng yuqori örtaça iş haqi darajalari Yevropa (Şveytsariya, Germaniya, Niderlandiya), Şimoliy Amerika (Kanada va AQŞ), şuningdek, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda qayd etilgan.














