Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko yaqin vaqt içida AQŞga taşrif buyurişi mumkin. Bu haqda AQŞning maxsus vakili Jon Koul 19 mart, payşanba kuni Minskdagi muzokaralar yakunlari böyiça ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, tomonlar bunday taşrifni taşkil etiş ustida iş olib bormoqda. Reuters agentligi ta’kidlaşiça, Lukaşenkoning AQŞga safari ğarbdan köp yillik yakkalanişga barham berişga intilayotgan Belarus rahbari uçun katta yutuq böladi.
Koul Minskka belaruslik siyosiy mahbuslarni ozod qiliş böyiça muzokaralar uçun kelgan. Tomonlar, şuningdek, 2022 yil fevral oyida Belarus Rossiyaga öz hududidan Ukrainaga harbiy bostirib kiriş uçun foydalanişga ruxsat berganidan keyin yopilgan Minskdagi AQŞ elçixonasi faoliyatini qayta tiklaş ehtimolini ham muhokama qildi.
Lukaşenko Koulni quçoqlab kutib olar ekan, u “har qanday masalani muhokama qilişga va har qanday savolga javob berişga” tayyor ekanini aytdi, biroq şu bilan birga Ukrainadagi inqiroz va Eron bilan uruş haqida ham gaplaşmoqçi ekanini bildirdi. Uning aytişiça, bu uruşda AQŞ “bizning döstlarimizga qarşi urişmoqda”.
Belarus bilan munosabatlarni normallaştiriş evaziga AQŞ Minskdan siyosiy sabablar yoki huquqni himoya qiliş faoliyati bilan boğliq holda qamoqda saqlanayotgan 1100 nafardan ortiq belaruslikni ozod qilişni talab etmoqda.
Ikki tomonning avvalgi muzokaralari natijasida sentabr oyida önlab siyosiy mahbuslar, 2025 yil dekabrida esa yana 123 nafar ozod qilingan edi. Ular orasida Nobel tinçlik mukofoti sovrindori Ales Belyatskiy hamda muxolifatçi siyosatçilar Mariya Kolesnikova va Viktor Babariko ham bölgan. AQŞ javob tariqasida Belarus kaliy sanoatiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi — bu öğitlar işlab çiqarişda muhim tarkibiy qism va mamlakat eksport daromadlarining muhim manbai hisoblanadi.
1994 yildan beri hokimiyatda bölgan Aleksandr Lukaşenko inson huquqlarini buziş va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida uni qöllab-quvvatlagani sababli ğarbda uzoq vaqt davomida yakkalangan rahbar sifatida qabul qilib kelingan. Amerika tomoni esa u bilan munosabatlarni rivojlantirişda manfaat borligini bildirgan — bunda uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqalari hisobga olingan va AQŞning uruşni töxtatişga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida u foydali maslahatlar berayotganini ta’kidlagan.
Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining mahbuslarni ozod qilişga qaratilgan humanitar sa’y-harakatlarini olqişladi.












