Rossiya hukumati Davlat dumasiga şunday qonun loyihasini kiritdiki, u boşqa davlatlarga qöşin kiritişga — u yerda sud qarorlari asosida hibsga olingan yoki ta’qib qilinayotgan Rossiya fuqarolarini himoya qiliş uçun ruxsat beradi. Hujjat 19 mart, payşanba kuni parlament quyi palatasining elektron bazasida e’lon qilindi.

Qonun loyihasiga ilova qilingan tuşuntiriş xatida aytilişiça, özgartişlar “Rossiya Federatsiyasining fuqaroligi töğrisida”gi federal qonunning 6-moddasiga va “Mudofaa töğrisida”gi federal qonunning 10-moddasiga kiritilişi rejalaştirilmoqda. Mualliflarning sözlariga köra, u “Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş maqsadida, agar ular Rossiya iştirokisiz vakolat berilgan xorijiy yoki xalqaro sudlar qarorlari asosida, yoxud Rossiya bilan xalqaro şartnoma yoki BMT Xavfsizlik kengaşining tegişli rezolyutsiyasiga asoslanmagan vakolatga ega tuzilmalar tomonidan hibsga olinsa (uşlab turilsa), jinoiy yoki boşqa turdagi ta’qibga uçrasa”, zarur hisoblanadi.

Hujjatda nazarda tutilişiça, Rossiya fuqarolarini xorijda himoya qiliş uçun mamlakat prezidenti qaroriga binoan qurolli kuçlardan eksterritorial tarzda foydalaniş mumkin böladi. RBK agentligi manbalariga köra, Rossiya hukumatining qonun loyihalari faoliyati böyiça komissiyasi uşbu loyihani ma’qullagan.

2025 yil 29 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hududida xorijiy sudlar qarorlarini, jumladan Xalqaro jinoiy sud (XJS) va maxsus tribunallar qarorlarini bajarmaslikka ruxsat beruvçi qonunni imzolagan edi.

2023 yil mart oyida Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin va Rossiya prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovani hibsga oliş orderini çiqargan. Sud prokurorlari ularni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilmoqda. Rossiya XJS faoliyatiga asos bölgan Rim statutini 2000 yilda imzolagan, ammo uni ratifikatsiya qilmagan. 2016 yilda esa Moskva öz imzosini qaytarib olgan.