AQŞ Eronga qarşi AQŞ va Isroil uruşi sababli Yaqin Şarqqa qöşimça harbiy kontingent yubormaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp 19 mart, payşanba kuni Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçining Vaşingtondagi Oq uyga taşrifi çoğida matbuot bilan muloqotda ma’lum qildi. “Men heç qayerga qöşin yubormayapman”, — dedi Tramp jurnalistning tegişli savoliga javoban.
“Agar şunday qilayotgan bölganimda ham, bu haqda sizlarga aniq aytmagan bölardim. Lekin men qöşin yubormayapman. Biz vaziyatni nazorat ostida uşlab turiş uçun zarur bölgan barça işni qilamiz”, — deya davom ettirdi Oq uy rahbari.
Şu kunning özida Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar berişiça, Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarşi harbiy operatsiyani kengaytirib, Yaqin Şarqqa yana bir neça ming harbiy xizmatçini köçirişi mumkin. Uning ma’lumotiga köra, Vaşingtonda uruşni davom ettirişning turli ssenariylari körib çiqilmoqda, jumladan quruqlikdagi operatsiyani boşlaş, şuningdek Eron tomonidan Hörmuz böğozining tösib qöyilişini harbiy yöl bilan bekor qiliş masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Reuters aniqlik kiritişiça, buning uçun Amerika qöşinlarini Eron sohiliga joylaştiriş zarur bölişi mumkin, garçi agentlik manbalari aytişiça, bunday operatsiya asosan mamlakatning dengiz va harbiy-havo kuçlari tomonidan amalga oşiriladi. Yana bir ssenariy — Fors körfazidagi Xark oroliga quruqlikdagi bölinmalarni yuboriş. Bu orol Eron nefti eksporti markazi hisoblanadi. Manbalar bunday variantni xatarli deb atagan, çunki Eron orolga raketa va dronlar bilan zarba beriş imkoniyatiga ega.
Bundan taşqari, jurnalistlar ta’kidlaşiça, Amerika ma’muriyati Erondagi boyitilgan uran zaxiralari ustidan nazorat örnatiş uçun ham qöşin yuboriş variantini körib çiqmoqda. Bundan oldin Axios naşri ham AQŞ va Isroil hokimiyatlari örtasida şunday muhokamalar bölganini yozgan edi. Öşanda bu “faqat ikki davlat ham Eron harbiylari iştirok etayotgan kuçlar uçun endi jiddiy tahdid sola olmasligiga işonç hosil qilgandan keyingina” yuz berişi mumkinligi qayd etilgan edi.
AQŞ va Isroil Eronga qarşi ilk havo zarbalarini 28 fevral kuni berdi. Şundan keyin Tehron Fors körfazi mintaqasidagi qöşni davlatlar va Isroilga raketa hamda dronlar yordamida hujum qila boşladi. Islom Respublikasi bayonotlariga köra, hujumlar nişonlari orasida mintaqadagi Amerika harbiy bazalari ham bölgan.
Eron zarbalari Fors körfazidagi qator davlatlardagi neft omborlari va neft tankerlariga ham tekkan. Eron hujumlaridan Ozarboyjon hamda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvçi Kipr ham jabr körgan.













