Isroil favqulodda xizmatlari vakillariga köra, Eronning Isroil janubidagi yadroviy obektga yaqin joylaşgan Arad va Dimona şaharlariga raketa zarbalari oqibatida 160 dan ortiq kişi jarohatlangan. Jabrlanganlarning bir qismi oğir ahvolda şifoxonada qolmoqda.
Mavjud ma’lumotlarga köra, Aradda 84, Dimonada yana 78 kişiga tibbiy yordam körsatilgan.
Xalqaro atom energetikasi agentligi Dimonadan 13 kilometr masofada joylaşgan Şimon Peres nomidagi Yadro energetikasi ilmiy-tadqiqot markaziga qandaydir zarar yetkazilgani haqida ma’lumot yöqligi va «u yerda radiatsiya darajasi kötarilişi qayd etilmagani»ni ma’lum qilgan.
Eron davlat televideniyesi zarbalar şanba kuni Natanzdagi yadroviy obektga qilingan hujumga javob bölganini xabar qilgan.

Şanba kuni keçqurun Eron ballistik raketalari Isroilning murakkab havo hujumidan mudofaa tizimidan ötib, mamlakat janubidagi ikki şaharga zarba berdi.
Arad şahrida raketa bir neça binoga jiddiy şikast yetkazib, uylar örtasida çuqur öra hosil qilgan.
«Bu juda qörqinçli kartina», – deydi tez yordam feldşeri Yakir Talkar va u yerda «juda köpçilik yaralangani»ni qöşimça qilgan.

Zarba oqibatida ikkita köp kvartirali uyning taşqi devorlari teşilib ketgan.
Şu kabi raketa zarbasi qöşni Dimona şahriga ham berilgan. Bu yerda köp sonli yaradorlar orasida 10 yoşli bola ham bor. Şifokorlar uning holatini öta oğir deb baholaşgan.
«Dimonada ham, Aradda ham havo hujumidan mudofaa tizimlari işlagan, ammo ular tahdidni bartaraf eta olmagan, natijada yuzlab kilogrammlik jangovar kallakka ega ballistik raketalar töğridan töğri kelib urilgan», – deya xabar bergan isroillik öt öçiruvçilar.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham zarba joyiga taşrif buyurdi va Eron ustidan şikoyat qildi:
«Eron allaqaçon minglab kilometrlarga zarba berişga qodirligini körsatdi – masalan, Diyego-Garsiyaga. Bu taxminan 4000 kilometr. Va ular masofani kengaytirişda davom etmoqda – ular allaqaçon Yevropaga yetib borişlari mumkin.













