Eron kuçlar nisbati teng bölmagan uruşda omon qoliş uçun dunyo iqtisodiyotini “asirga olmoqçi”. Bu strategiya allaqaçon iş bera boşlagan: AQŞ Eron neftiga sanksiyani yeçdi, Vaşingtonga har tomondan bosim ortib bormoqda. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida şu haqda söz borarkan, Tehronning Körfaz arab davlatlaridagi iqtisodiy obektlariga hujumlari bahsga sabab böldi..
— Eronning qöşni davlatlarga zarba berişdan boşqa çorasi yöqmi?
Oybek Sirojov: Eron öz atrofidagi energiya resurslariga zarba berişdan boşqa yöl körmayapti. Sababi – Amerika Qöşma Ştatlari masofa jihatdan juda uzoqda joylaşgan, u yerga yetib boradigan raketalari mavjud emas, şu bois töğridan töğri zarba beriş imkonsiz. Hatto Hind okeanidagi Diyego Garsia harbiy bazasiga yönaltirilgan raketalar ham manzilga yetib bormadi.
Xuddi şunday vaziyat Isroil bilan ham kuzatilmoqda: hujum qilgan bilan aksariyat raketa va dronlar tutib qolinadi.
Şu sababli Eronning asosiy strategiyasi atrofidagi energiya obektlariga zarba beriş orqali Isroil va Amerika Qöşma Ştatlariga nisbatan global bosimni kuçaytirişdan iborat. Bu taktika ma’lum darajada natija bermoqda. Masalan, Donald Tramp bu zarbalardan söng bayonot berib, agar bunday hujumlar davom etsa, qat’iy javob çorasi körilişini ta’kidladi.
Bu esa muayyan signalni anglatadi, agar Eron energiya infratuzilmasiga zarba berilsa, u holda Fors körfazidagi barça energetika obektlari xavf ostida qoladi va bu butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir körsatadi. Bunday vaziyatning aks-sadosi hatto Yevropada ham sezila boşlaydi. Demak, Eronning boşqa real varianti deyarli yöq.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida, AQŞ va Yevropa darhol yordam berişini e’lon qilgan va amalda ham bu yordam davom etmoqda. Eronning asosiy zaif tomoni – uni oçiq qöllab-quvvatlaydigan kuçli ittifoqçisining yöqligi. Ya’ni Ukraina kabi orqasida mustahkam blok yöq. Bugungi kunda Xitoy yoki Rossiyadan ham şunday oçiq va keng kölamli yordam kutiş qiyin. Şu sababli Eron hozirça yakka holda harakat qilişga majbur va mavjud şaroitdan kelib çiqib, ana şunday strategiyani tanlamoqda.
Şavkat Ikromov: Eronning Körfazdagi neft va gaz konlariga zarba berişi – nisbatan samarali va majburiy yondaşuv. Amerika Qöşma Ştatlarining sanksiyalar siyosatida va global energetika bozorida ma’lum darajadagi yon berişlarga borayotganini köryapmiz. Uruş boşlanganidan buyon AQŞ bir neça bor özining qat’iy sanksiya siyosatini yumşatişga majbur böldi. Birinçidan, Rossiya neftiga nisbatan ayrim çeklovlar vaqtinça yumşatildi. Xususan, ma’lum muddat davomida Rossiya neftini dengiz orqali taşiyotgan tankerlar uçun çeklovlar qöllanmadi. Bu qaror, asosan, Hindiston va Osiyoning boşqa hududlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan energetik inqirozni yumşatiş maqsadida qabul qilindi.












