Donald Tramp ma’muriyati Eron bilan tinçlik muzokaralari qanday körinişda bölişi mumkinligi böyiça dastlabki muhokamalarni boşladi, deb yozadi Axios vaziyatdan xabardor bölgan manbalariga tayanib.

Amerikalik mulozimlardan birining sözlariga köra, AQŞ Erondan oltita majburiyatni öz zimmasiga olişni talab qilmoqda, ular orasida uranni boyitiş va yadro qurolini işlab çiqişni butunlay töxtatiş, raketa dasturini sezilarli darajada qisqartiriş hamda «Hizbulloh» yoki Yamandagi husiyçilar kabi qurolli guruhlarni moliyalaştirişni töxtatiş şartlari bor. Bundan taşqari, har qanday kelişuvga köra Hörmuz böğozi oçilişi kerak böladi, deb yozadi Axios.

Portal ma’lumotlariga köra, sönggi kunlarda Vaşington va Tehron örtasida töğridan töğri aloqalar bölmagan, biroq Misr va Qatar AQŞ va Isroilni Eron muzokaralardan manfaatdor ekani, uning talablari öt oçişni töxtatiş, kelgusida harbiy harakatlar tiklanmasligi uçun kafolat, şuningdek, tovon tölaş masalalarini öz içiga olişi haqida xabardor qilgan.

Axios’ning yana bir suhbatdoşi muzlatilgan aktivlarni Eronga qaytariş masalasida murosaga keliş mumkinligini aytmoqda. «Ular buni reparatsiya deb ataşadi. Biz buni muzlatilgan mablağlarni qaytariş deb ataşimiz mumkin», – deya qöşimça qiladi u. Ammo, uning sözlariga köra, «undan avval bunday vazifa paydo böladigan bosqiçga yetib boriş kerak böladi».

Axios ma’lumotiga köra, Trampning jamoasi vakillari ikki savolga javob topişga harakat qilmoqda: Eronda kimlar bilan aloqa örnatiladi va qaysi davlat vositaçilik qilişi mumkin.

Oldingi muzokaralarda Eron manfaatlarini mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ifodalagan, biroq Trampning maslahatçilari uni qaror qabul qilişga vakolatli şaxsdan köra köproq «uzatiş böğini» deb hisoblamoqda. Axios manbalariga köra, Oq uy hozirda Eronda qarorlarni aslida kimlar qabul qilişi va ular bilan qanday boğlaniş mumkinligini aniqlaşga harakat qilmoqda.

Uruşdan oldingi muzokaralarda vositaçi Ömon edi, ammo AQŞ uşbu sultonlik bilan özaro işonçsizlik tufayli boşqa davlat izlamoqda. Tramp ma’muriyati Qatar vositaçilik qilişini afzal köradi, şu bilan birga, manbalarga köra, rasmiy Doha «parda ortida yordam beriş»ga tayyor, biroq asosiy rasmiy vositaçi bölişni istamaydi.

Ötgan hafta Reuters Tramp ma’muriyati AQŞning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarining Eron bilan uruşni töxtatiş böyiça muzokaralarni boşlaşga urinişlarini rad etgani haqida xabar bergandi. Ömon aloqa kanalini oçişga bir neça bor urinib körgan, ammo Oq uy bundan manfaatdor emasligini bildirgan. Misr ham AQŞ va Eron örtasida diplomatik aloqalarni tiklaşga urinib körgan.