48 soatlik muhlat
AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Tehron 48 soat içida Hörmuz böğozini oçmaydigan bölsa, Eron elektr stansiyalarini «yakson etiş» bilan tahdid qildi.
«Agar Eron tahdidlardan voz keçib, Hörmuz böğozini 48 soat içida töliq oçmasa, Amerika Qöşma Ştatlari ularning eng yirik elektr stansiyasidan boşlab turli elektr stansiyalariga zarba berib, yöq qiladi!» – deya yozgan Tramp öziga tegişli bölgan Truth Social platformasida.
Tramp bu xabarini Grinviç böyiça 21 mart kuni soat 23:44 da e’lon qildi. Bu esa Eronda böğozni oçiş uçun Grinviç böyiça 23 mart kuni soat 23:44 ga qadar (Tehronda 24 mart kuni soat 03:14) vaqt borligini anglatadi.
Avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida AQŞ «Eronni xaritadan öçirib yuboriş» bilan tahdid qilgandi.
U Erondagi maqsadlariga erişa olmagani haqidagi taxminni rad etib, şunday degandi: «Aksinça, uddaladik, rejadagidan bir neça hafta oldinroq ham. Ularning rahbariyati yöq qilindi, ularning floti va harbiy-havo kuçlari endi yöq, ularda mudofaaning özi qolmadi va ular kelişuv tuzişni xohlaşmoqda. Men esa yöq».
Isroil janubiga zarba
Isroil janubidagi Dimona va Arad şaharlarida Eron raketa zarbasi oqibatida qariyb 90 kişi yaralangan – bu hujum nişoni isroilliklarning yadroviy obekti bölgan. Xabar qilişlariça, jarohatlanganlarning kamida 10 nafari, jumladan beş yoşli qizça ham oğir ahvolda.

Dimona şahridan taxminan 10 kilometr, Arad şahridan esa 30 kilometr masofada joylaşgan Yadro energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi jabrlanmagan.
Xalqaro atom energetikasi agentligi «maksimal harbiy vazminlik»ka çaqirgan.
Dimona va Arad şaharlarida esa turar joy binolari şikastlangan.
Times of Israel xabariga köra, Isroil mudofaa armiyasi qömondonligi Eronning ikki raketasi urib tuşirilmagani yuzasidan tekşiruv boşlagan.
Harbiylarning baholariga köra, bunday raketalarning jangovar qismi odatda yuzlab kilogrammlik portlovçi moddalardan iborat böladi.














