Turkiyaning Izmir şahrida köp qavatli uyning törtinçi qavatidan tuşib ketgan 22 yoşli özbekistonlik Sevdora Hakimjonova şifoxonada hayotdan köz yumdi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Hodisa yuzasidan hozirda Boş konsulxona hamda Özbekiston Migratsiya agentligi marhumaning jasadini vatanga qaytariş böyiça zarur taşkiliy işlar olib bormoqda. Jasad 2026 yilning 23 mart kuni “Istanbul-Andijon” reysi orqali Özbekistonga yuboriladi.

Ma’lumotlarga köra, Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan imom nikohi asosida turmuş qurgan, lekin bu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Turmuş örtoği ham uning kabi eşitiş va nutqida nuqsoni bölgan şaxs hisoblanadi. Keyinçalik ular Izmirda kuyovning yaqin qarindoşlari bilan bir xonadonda yaşab kelgan.

Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan hodisa yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Töplangan materiallar tegişli tartibda prokuratura organlari tomonidan körib çiqilmoqda.