“Dunyo” AA xabar berişiça, Özbekiston elçixonasi kömagida taşkil etilgan muloqotda qişloq xöjaligiga ilğor texnologiyalarni joriy etiş, yuqori sifatli uruğçilik tizimini rivojlantiriş, barqaror agrar işlab çiqarişni ta’minlaş va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Polşa tajribasini örganiş va uni Özbekiston şaroitiga moslaştiriş, zamonaviy innovatsion yeçimlarni joriy etişga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida tomonlar mutaxassislar malakasini oşiriş, tajriba almaşiş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda hamkorlik töğrisidagi memorandumni tayyorlaş va imzolaş yuzasidan kelişib oldi.