Özbekistonda ruhiy kasallikka çalinişlar soni oşib boryapti. Bunga sabab sifatida stress, axborot bosimi va ijtimoiy yuklamalar oşgani körsatilmoqda. Oqibatda “xalqning oğrib turgan yarasi”dan foydalanuvçi çalapsixologlar armiyasi instagramda millionlab auditoriyani istaganiça boşqaryapti. Kun.uz odamlardagi psixologik muammolar, ularning sabablari hamda yeçimlar haqida şifokorlar bilan suhbatlaşdi.
Sönggi yillarda ruhiy salomatlik global muammoga aylanmoqda. Turli tadqiqotlarga köra, dunyo aholisining qariyb sakkizdan biri turli darajadagi ruhiy buzilişlardan aziyat çekmoqda. Özbekistonda ham bu yönalişdagi körsatkiçlar yuqori emas: ruhiy salomatlik indeksida mamlakat 83 davlat içida 74-örinda qayd etilgan.
Mutaxassislar bunday holatni zamonaviy hayot tarzi – axborot oqimining keskin oşişi, gadjetlarga boğliqlik, ekologik muammolar va oziq-ovqat sifati bilan izohlaydi. Ayni paytda, jamiyatda ruhiy muammolarga yeçim izlayotganlar soni ortib borayotgani sababli, bu sohada malakali mutaxassislar bilan bir qatorda, ilmiy asosga ega bölmagan “psevdopsixologlar” ham faollaşmoqda.
Ruhiy kasallar soni oşyapti
Azizbek Eraliyev şifokor-psixiatr:
“Umumiy statistika böyiça butun yer yuzida ruhiy kasalliklar soni oşib boryapti. Bunga sabablar: hozirgi informatsion tizimning oşib ketişida. Ortiqça informatsiyalar va gadjetlar, ekologiya va oziq-ovqatlardagi sun’iyliklar ham sabab böladi. Çunki tanada minglab mutatsiyalar sodir böladi. Buni genetiklar tasdiqlaşadi. Mutatsiyalar soni oşişi natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi çegaraviy ruhiy buziliş holatlaridagi insonlar soni oşişi kuzatiladi. Ya’ni bunga atrof-muhit, informatsion omil sabab böladi. Ularning soni hozirgi paytda judayam oşib ketyapti. Masalan faoliyat boşlaganimga qariyb 10 yil bölyapti. Bolalar psixiatriyasida autizm taşxisi juda kam uçrardi öşanda. Ba’zida ustozlarimiz haqiqiy tipik bemor kelsa “mana buni köringlar” deb aytardi. Yoki kattalardagi ruhiy sindromlarniyam şunday qilişardi. Hozir esa bir haftada bir neçta autizm taşxisi bilan murojaat qilgan bemorlarni köryapmiz. Autizm – endogen (içkaridan ruhiy buziliş) va xulq-atvorning juda qöpol tarzda buzilişi hamda asoratlariga olib keladigan kasallik. Şuning özi bir paytlar noyob holat bölsa, hozirga kelib oddiy holga aylandi.
Psevdomutaxassislarning marketing nayrangi
Ruhiy salomatligimizni yaxşilaşga urinişlar bor jamiyatda. Lekin talab kuçaygani sari berilayotgan takliflar ham köpaygan. Instagramni tutib ketgan “psixologlar” armiyasi millionlab auditoriyani boşqaryapti, ular istagança narxlarda va körinişlarda öz xizmatlarini sotişyapti.
Mavzuga oid
Gavhar Darviş (Teşaboyeva) psixoterapevt:
“Bozor qonuni şunday: talab bölsa taklif ham böladi. Insonda muammo bor, uni yeçib beradigan çala mutaxassislar paydo böldi. Ular juda jadallik bilan köpayib ketib, mediada bemalol çiqişlar qilişni boşlaşdi, sababi bugun mediada kim ilğor bölsa unga murojaatlar soni köp böladi. Xalqning oğrib turgan yarasi bor, ular göyoki şartta şunga yeçim körsatganday bölişdi. Ammo bu yeçim har doim ham töğri bölmaydi. Ular orasida öz sohasining haqiqiy professional mutaxassislari ham bor, lekin asosan mediani egallagan mutaxassislarni çala mutaxassis yoki psevdomutaxassislar desak töğri böladi. Ularni qanday aniqlasa böladi? Ular birdaniga bitta sessiyada muammoni hal qilib berişni va’da qilişadi. Oğriği bölgan odam, misol uçun farzandini yöqotgan odam şu qayğudan qutulişni istaydi va yeçim topişni qidiradi. Psevdomutaxassislar bir konsultatsiyada muammoni hal qilib beriş usulini taklif qilişadi. Bu marketing nayrangi hisoblanadi.
Farzandini yöqotgan bir ayol keldi, tuşlariga kirgan öğli, yurgan yölida köziga körinavergan, hayotni usiz tasavvur qila olmaydigan darajaga kelib qolgan. Çuqur depressiyaga tuşgan va şunaqa çalamutaxassisning qöliga tuşib qolgan. U bu muammoga yeçim va’da qilgan, ayol unga işongan. Bu yerda juda katta summa haqida gap ketyapti. Ba’zi holatlarda uyini sotib şunaqa mutaxassislarga borganlarniyam eşitganmiz. Bu bemorlar ulardan davo topa olmagandan keyin bizga kelişadi – endi uning uyi yöq, böynida qarzi bor va hokazo. Muammosi esa hal bölmagan.
Mutaxassisning bir martada natija va’da qilişi uning psevdo ekanligidan darak beradi. Uning qayerni bitirgani, neça yillik tajribaga ega ekanligi, mutaxassisligi böyiça diplomini söraş kerak. Ular xonasiga ilib taşlagan sertifikatlari muhim emas. Borişdan oldin bularni söraş kerak. Hali öqişni bitirmagan talaba bölişi yoki falonçi mutaxassisning qölida öqigan bölişi, qölida diplomi bölmasligi uning çala yoki soxtaligidan dalolat beradi.
Siz borayotgan mutaxassis aynan qanaqa metodika bilan işlaşini bilişingiz şart. U sizga qöllamoqçi bölgan usulining nomini bilişingiz kerak. Çunki ruhiyatingizni çala va soxtaning qöliga topşirib bölmaydi. Ruhiyat – bu ma’naviyat, bu mentalitet, insonning butun borliği, içki dunyosi degani. Buni hammagayam oçib bermaslikni maslahat bergan bölardim. Ya’ni haqiqiy mutaxassisga ruhiy muammo bilan boradigan bölsangiz, ular sizga yeçim taklif qiladi va bu bitta seansda bölmaydi. Buning uçun siz işlaysiz. Mutaxassis bilan birgalikda ter tökasiz. Unga vaqt, kuç va bilim ajratasiz. Ma’lum bir muddatdan keyin, deylik 3 oy yoki 1 oy, balki 1 yil (örtaça 6 oy) muddatdan keyingina muammolarga haqiqiy yeçim topsa böladi.
Ayollarda ijtimoiy mas’uliyat köpligi ularni tez çarçatib qöyadi
Ruhiy salomatlik masalasi yoşga, jinsga va biz yaşayotgan joyga boğliq. Masalan erkaklar va ayollarda ruhiy kasalliklar boşqaça keçadi. Erkaklarda köproq nevrasteniya uçraydi. Erkak kişi çarçasa urişqoq, baqiroq bölib qoladi. Ayollar esa yiğloqi bölib qoladi. Tadqiqotlarga köra, ayollarda erkaklarga nisbatan 8 baravar köproq ruhiy muammolarga uçraş xavfi böladi. Bu emotsionallik, ayollarda öziga xos davrlarning bölişi (menopauza, turmuşga çiqiş, farzandli böliş) ayol organizmida öziga xos özgarişlarga olib keladi. Ayollarda ijtimoiy rollarning köpligi ham. Çunki erkak kişi işga borganda töliq özini işga bağişlaydi. Lekin ayol kişi işxonada farzandlarning maktabdan kelişi, nima ovqat yeyişi, keçqurunga nima ovqat qiliş kabi minimum muammolarni öylaydi. Bundayam hali agar uni hayoti tinç bölsa, er-xotin orasida muammolar bölmasa, farzandlardan köngil töq bölsa. Ijtimoiy mas’uliyatning köpligi ayol kişini tez çarçatib qöyarkan. Hozirgi davrda ayollarda haqiqatan stress köp, hayot jadal va ulgurmaslik holati bor. Farzand tarbiyasida, rafiqa, ona bölişda yoki biror soha egasi bölişda muvozanatni yöqotib qöygan ayollarimiz köp. Qabulimga kelgan ayollarga avvalo özlarini tanib olişni maslahat beraman. Ya’ni kimdir jadal işlayotgan bölsa u bilan özini soliştirmaslik kerak. Özingizday temperamentli, intellektli va xarakterli, moddiy jihati bir xil ayol bilan soliştiring. Ana şunda soliştiriş töğri böladi.
Ruhiy muammolar qaçon tugaydi?
Hozir “energiyangizni qaytarib beraman” yoki “boy bölişni örgataman”, “men bilan sokinlikka erişasiz” va hokazo treninglar juda köp. Uning öz yöli bor. U yurgan yöl sizga mos kelmasligi mumkin. Şuning uçun dinimizda aytiladi: “Kim öz nafsini tanisa, Robbisini tanibdi”. Ya’ni özimizni anglab olişimiz kerak. Temperamentimiz – bizning asl tabiatimiz, Alloh bizni şunday yaratdi. Xarakterimiz qanaqa özi, zaif tomonlarimiz, kuçli tomonlarimiz, intellektual qobiliyatimiz, imkoniyatlarimiz, harakatçanligimiz qanaqa? Özimizni bilganimizdan keyin şundan kelib çiqib harakat qilamiz. Insonning ruhiy muammolari qaçonki u rivojlanişni boşlaganda tugaydi. Stressga qançalik çidamlimiz, stressdan çiqiş könikmalari borligi, kerakli paytda kerakli mutaxassisga keliş va bundan uyalmaslik. Çunki xalqimizda stigma yuqori, bir marta psixiatrga borsam, röyxatga oladi va jinni degan nom olaman degan fikr bor”.
Azizbek Eraliyev şifokor-psixiatr:
“Birinçi örinda aholiga ruhiy salomatlik böyiça ma’lumot beriş kerak. Har qanday muammoga yeçim topişda uni qançalik yaxşi biliş muhim. Hozirgi bölayotgan agressiyalar, qotilliklar, tilga olib bölmaydigan xunuk holatlarning sonini kamaytiriş uçun birinçi örinda ruhiy salomatlik nima ekanligi, ruhiy soğlom odam kimligini bilişimiz kerak. “Qizim yaşay olmayapti kuyovim bilan, lekin kuyovim judayam yaxşi. Içmaydi, çekmaydi, işlaydi, oylik oladi”, deb kelişadi. Kelindan uyda bölayotgan voqealarni eşitganimizda: u odamning (kuyov) özini tutişi, gapirişi, qiliqlari, reaksiyalaridan ğirt ruhiy kasalni köramiz. Kelin bir vaqtning özida ruhiy bemor bilan yaşayotgan böladi. Soğlom inson bilan ayol kelişmay qolsa, soğlom erkakning xohişlari qondirilsa, unga muvofiq narsa berilsa, u töxtaydi. Lekin ruhiy kasal özi nima xohlayotganini özi bilmaydi. Öşa er bilan yaşagan ayolda sekin-astalik bilan nevroz holati, agar undayam ozgina moyillik bölsa psixoz holati yuzaga keladi. Soğlom oilada nafaqat ajraşiş, balki farzandlargayam oğir şikastlar yetiş holatlari böladi. Ruhiyat haqida tasavvuri yöq insonlarga ruhiy kasallikni tuşuntiriş qiyin böladi. Buni davlat darajasida, ta’lim darajasida örgatiş kerak. Öşandagina ularning soni kamayişi mumkin. Yoki bularga qarşi çora-tadbirlarimiz ertaga bu statistikani tuşirişi mumkin. Agar oldingizga bemor kelsa, unda MRT tekşiruvlari bölsa, şunga qarab özgarişlar hisobiga kasalligini tuşuntiriş juda oson. Lekin juda qiyin, közga körinmaydigan narsaki, ruhiyatda bölayotgan özgarişni ruhiy kasal deb tuşuntiriş. Uning ruhiy kasalligi, ruhiy nosoğlomligi xulq-atvoridan, oilada, jamiyatda qilayotgan işidan bilib olasiz. Buni bilganingizda esa keç böladi. “Bu soğlommas ekan, dabdala qildi, oilani buzdi, farzandining boşiga yetdi, qotillik qildi-ku, qamalgan bilan çiqib yana qotillik qilyapti”, degan narsani bilganda keç böladi. Şuning uçun ruhiy salomatlikka e’tibor, ruhiyat nima, soğlom ruhiy inson kimligiga e’tibor berilsagina odamlarda ruhiy holat bilan boğliq muammolar sal çekinadi”.
Aholining ruhiy salomatligi: iqtisodiy ösişga, oilaning tinçligiga, ta’lim sifatini oşirişga, jinoyatçilikni kamaytirişga va ijtimoiy işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladi.