Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilgacha yashillik darajasini 30 foizga yetkazish rejasi taqdim etildi
O‘zbekistonda 2030 yilgacha hududlarning kamida 30 foizini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan keng qamrovli dastur ishlab chiqildi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, havo sifatini yaxshilash hamda aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Loyiha doirasida shahar va qishloqlarda yashil hududlarni kengaytirish, yangi bog‘ va istirohat maskanlarini barpo etish, shuningdek, cho‘llanishga qarshi kurashish choralari ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida daraxt ekish hajmlarini oshirish va ularni parvarishlash tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur dastur amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori kamayadi, shaharlarda mikroiqlim yaxshilanadi va ekologik barqarorlik ta’minlanadi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham kuchaytiriladi.

Mavzuga oid
21:34 / 23.03.2026
Aholining ekologik madaniyatini oshirish uchun “10 ming qadam piyoda” tashabbusi tiklanadi
20:43 / 23.03.2026
Toshkentda Milliy dendrologiya bog‘i barpo etiladi
20:33 / 23.03.2026
1 oktyabrdan Toshkent shahri va tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etish cheklanadi
18:01 / 23.03.2026