Tramp 5 kunlik “energetik otaşkesim” e’lon qildi, lekin voqealarning keyingi rivoji borasida savollar oçiq qolmoqda. AQŞning bu uruşi bevosita Eron, bilvosita Xitoyga qaratilgani yaqqolroq körinayotgandek. Xalqaro huquq inqirozi – örta va kiçik davlatlar uçun ayniqsa xavotirli.

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi navbatdagi sonida siyosiy tahlilçilar Umrbek Yusupov va Hikmatilla Kazakbayev iştirok etdi.

— Donald Tramp Eronga nisbatan beş kunlik “Energetik otaşkesim” e’lon qilganini qanday tuşuniş mumkin?

Umrbek Yusupov: Bu qaror ortida arab davlatlarining bosimi bölişi ehtimoldan xoli emas. Çunki bunday masalalarda AQŞ prezidenti yakka özi qaror qabul qilmaydi.

AQŞ milliy xavfsizlik strategiyasida asosiy raqib sifatida Xitoy körsatilgan, Rossiya esa ikkinçi darajali omil sifatida qaraladi. Bugungi kunda iqtisodiy qudratning ortişi harbiy salohiyatning ham oşişiga olib kelayotgani hammaga ayon. Şu sababli Xitoyning iqtisodiy imkoniyatlarini çeklaş orqali uning harbiy qudratini ham jilovlaş mumkin degan qaraş mavjud.

Xitoy esa bu borada faol siyosat yuritmoqda. U iqtisodiy diplomatiya orqali turli mintaqalarda öz ta’sirini kengaytirmoqda. Masalan, 2011 yilda Liviyadagi harbiy harakatlar vaqtida qisqa muddat içida qariyb 40 ming nafar xitoylik işçi evakuatsiya qilingan. Bu Xitoyning u yerda qançalik kuçli iqtisodiy iştirokka ega bölganini körsatadi.

Şu nuqtayi nazardan qaraganda, Yaqin Şarqdagi vaziyat ham kengroq geosiyosiy raqobatning bir qismi sifatida namoyon bölmoqda. Ba’zi tahlillarga köra, Xitoy Eron orqali husiylarga ta’sir ötkaziş imkoniga ega. Biroq hozirgi konfliktning keng kölamli uruşga aylaniş ehtimoli past. Dastlab 48 soat deb belgilangan muddat, 120 soat (5 kun) deb uzaytirilgani ham e’tiborga loyiq. Bu holat jarayonning dinamik ekanini körsatadi. Vaziyatning keyingi rivoji köp jihatdan arab davlatlari va Isroilning uşbu holatni qanday qabul qilişiga boğliq.

Bundan taşqari, vaqt yutiş omili ham muhim rol öynaşi mumkin. Çunki harbiy mobilizatsiya murakkab jarayon bölib, katta mablağ va tayyorgarlikni talab etadi. AQŞ va Isroilning sönggi harbiy xarajatlari sezilarli darajada oşgani, qöşimça moliyalaştiriş masalasini ham kun tartibiga olib çiqmoqda.

Şuningdek, mintaqadagi harbiy kuçlarning qayta joylaştirilişi ham muhim omil. Masalan, Osiyo-Tinç okeani hududidan, şuningdek, Örta Yer dengizi va Qizil dengiz mintaqalaridan kuçlar Eron atrofiga köçirilmoqda. Bu esa ayrim hududlarda vaqtinçalik zaiflaşuvga olib kelişi mumkin va uni qoplaş uçun qöşimça resurslar talab etiladi. Şu sababli, hozirgi pauza köproq strategik vaqt yutiş harakati sifatida baholanişi mumkin. Agar muzokaralar ijobiy natija sifatida taqdim etilsa, uşbu muddat yana uzaytirilişi ehtimoli ham mavjud.