AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi törtinçi haftaga ötdi. Donald Tramp 22 mart kuni Erondan ikki hafta içida Hörmuz böğozini oçişni talab qilgan, aks holda mamlakat energetika infratuzilmasini bombalaşi, ya’ni Eronni yoruğliksiz qoldirişi haqida ogohlantirgandi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa bunga javoban Isroil hamda AQŞning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarining energetika infratuzilmalarini, şuningdek, mintaqadagi Amerikaga aloqador bölgan kompaniyalarga tegişli barça energetika obektlarini nişonga olişga va’da berdi.
Tramp fikrini özgartirdi
23 mart kuni, Amerika ultimatumi tugaşiga oz qolganida, Tramp AQŞ va Eron «Yaqin Şarqdagi mojaroni uzil-kesil hal qiliş yuzasidan juda yaxşi va samarali muzokaralar ötkazayotgani», şu tufayli Eron elektr stansiyalariga zarbalar berişni beş kunga keçiktirgani haqida aytib çiqdi.
Eronda aynan kim bilan muzokara ötkazilayotgani aniq emas. Uruşdan oldin va uruşning ilk haftalarida taşqi siyosat, jumladan, AQŞ bilan aloqalar uçun Milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Larijoniy mas’ul edi. Ammo u Isroil zarbasi oqibatida halok böldi. Uning funksiyalari kimga ötgani ma’lum emas.
The Jerusalem Post ma’lumotiga köra, muzokaralarda Eron pozitsiyasini parlament spikeri Muhammad Boqir Ğolibof, Amerikanikini – Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va prezident kuyovi Jared Kuşner ifoda etmoqda.
Erondagilar nima demoqda?
Erondagi Tasnim davlat axborot agentligi islom respublikasi kuçişlatar tuzilmalaridagi manbasiga asoslanib, heç qanday muzokaralar bölmagani, Tramp esa Eronning strategiyasi iş berayotgani uçungina «ortga çekingani» haqida xabar tarqatdi. Bu strategiya uruşdan iloji boriça köproq mamlakatlar zarar körişiga erişiş, jahon bozorlariga bosim ötkaziş va şu orqali Trampni Eronga zarba berişni töxtatişga undaşdan iborat.
Amerika va Isroilning uruş uçun dastlabki rejasi, aftidan, uzil-kesil muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Tramp ultimatumlar qöyayotgani va Yaqin Şarqqa qöşimça kuçlar, jumladan, 2500 nafar dengiz piyodasi yuborgani hamda mintaqaga «Jorj Buş» aviataşuvçisi boşçiligida uçinçi zarbdor guruhni yuborişga tayyorlayotgani (hozirda u Virjiniya ştatidagi Norfolk bazasida turibdi) fakti ham şundan darak bermoqda.


















