Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyotida pasayiş borligini tasdiqladi. Iqtisodiy masalalarga bağişlangan yiğiliş 23 mart, duşanba kuni bölib ötdi.
Rossiya rahbari sözlariga köra, eng avvalo, “asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlarning past, manfiy dinamikasi” közga taşlanmoqda.
Putinning ta’kidlaşiça, yanvar oyida Rossiya yalpi içki mahsuloti ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,1 foizga kam bölgan. Sanoat işlab çiqarişi esa 0,8 foizga pasaygan.
Foydali qazilmalar qazib oliş hajmi 0,5 foizga ösgan, ammo bu körsatkiç jahonda energiya taşuvçilar narxi oşişidan oldingi davrda qayd etilgan.
Moliya vazirligining dastlabki bahosiga köra, yanvar–fevral oylari yakunlari böyiça budjet taqçilligi 3,4 trln rublni taşkil etgan.
Bu 2025 yilning şu davridagi körsatkiçdan 1 trln rublga köp.
Şu bilan birga, Rossiya Fanlar akademiyasining Xalq xöjaligini prognozlaş instituti korxonalar baholari asosida hisoblaydigan sanoat optimizmi indeksi mart oyida minus 20 punktgaça tuşgan.
Bu 2020 yil aprelidan beri eng yomon körsatkiç hisoblanadi. Öşanda sanoatdagi salbiy kayfiyat pandemiya bilan boğliq bölgan edi.
Uşbu tendensiya talabning amaldagi dinamikasi bilan izohlanmoqda. Mart oyida u minus 35 punktgaça pasaygan.
Şu bilan birga, Rossiya rahbari Rossiya neft-gaz kompaniyalari “jahon uglevodorod kotirovkalari ösişidan tuşgan qöşimça daromadlar”ni qarz yukini kamaytiriş va Rossiya banklari oldidagi qarzdorlikni yopişga yönaltirişi kerakligini bildirdi.
Kremlga yaqin iqtisodçilar yil oxirigaça Rossiya iqtisodiyoti retsessiyaga kirib qolişi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda 20 mart kuni “Izvestiya” gazetasi Rossiya prezidenti administratsiyasiga yaqin hisoblangan Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlaş markazi hisobotiga tayanib yozgan.
Naşr sörov ötkazgan ekspertlar fikriça, Rossiya iqtisodiyoti ösişini yuqori asosiy stavka, ança ehtiyotkor budjet siyosati, kadrlar tanqisligi va investitsiyaviy tanaffus sekinlaştirmoqda.
Jumladan, “AMarkets” vakili Igor Rastorguyev fikriça, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi sabab neft narxlari kötarilgan taqdirda ham retsessiya ehtimoliy ssenariy bölib qolaveradi.












