Yangi infografika turli körsatkiçlar böyiça vaziyatni körsatadi — Eron qayerda yetakçi, qayerda orqada va uning kölami mintaqadagi örniga qanday ta’sir qiladi.
Eron aholi soni bilan ajralib turadi — taxminan 93,2 million nafar, bu körsatkiç mintaqadagi köplab davlatlardan ança yuqori. Biroq farovonlik darajasi böyiça vaziyat boşqaça: aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot (YaIM) mintaqadagi eng past körsatkiçlardan biri bölib qolmoqda.
Iqtisodiyotning umumiy hajmi taxminan 356 milliard dollarni taşkil etadi, ammo mamlakat Saudiya Arabistoni va Isroil kabi mintaqaviy yetakçilardan orqada qolmoqda. Bu iqtisodiy kölam bilan aholi farovonligi örtasidagi farqni körsatadi.

Aholi jon boşiga YaIM 4000 dollardan biroz yuqori bölib, bir kişiga töğri keladigan işlab çiqariş samaradorligi Qatar va Isroil kabi kiçik, ammo boy davlatlarga nisbatan ança past ekanini körsatadi.
Umuman olganda, bu mintaqadagi odatiy holatni aks ettiradi: Fors körfazi davlatlari kiçik bölsa-da, aholi jon boşiga daromad yuqori, Eron va Iroq kabi yirik davlatlarda bu körsatkiçlar nisbatan past.
Eron neft qazib oliş va zaxiralari böyiça yetakçi örinlardan birini egallaydi, faqat Saudiya Arabistonidan orqada turadi. Uning neft zaxiralari taxminan 208,6 milliard barrel, kunlik qazib oliş hajmi esa 4,6 million barrel atrofida.
Şunga qaramay, xalqaro sanksiyalar eksport va investitsiyalarni jiddiy çeklab qöygan, bu esa Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bilan soliştirganda qazib oliş ösişini sekinlaştirmoqda. Eksport qilinayotgan neftning katta qismi Xitoyga yönaltirilgan.
Eron mintaqadagi eng yirik qurolli kuçlarga ega — taxminan 610 ming nafar, bu Saudiya Arabistoni armiyasidan ikki baravardan ham köp.
Biroq mamlakatning harbiy budjeti yiliga taxminan 7,9 milliard dollar bölib, bu Saudiya Arabistoni va Isroilga nisbatan ança kam.
Isroil köpinça texnologik jihatdan rivojlangan harbiy derjava sifatida körilsa-da, Eronning kölami va mintaqadagi ta’siri hali ham kuçlar muvozanatida muhim omil bölib qolmoqda.












