AQŞning Fors körfazidagi ittifoqçilari Eronga qarşi uruşga asta-sekin jalb etilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi 23 mart, duşanba kuni manbalarga tayanib xabar berdi. Naşr ma’lumotiga köra, töxtovsiz hujumlar bu davlatlar iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan va Tehronga Hörmuz böğozi ustidan uzoq muddatli nazorat örnatiş imkonini berişi mumkin.

Naşr suhbatdoşlarining aytişiça, Saudiya Arabistoni yaqinda Amerika kuçlariga Arabiston yarimorolining ğarbida joylaşgan Qirol Fahd nomidagi aviabazadan foydalanişga ruxsat bergan. Holbuki, jangovar harakatlar boşlanişidan oldin podşohlik öz hududi yoki havo makonidan Eronga zarba beriş uçun foydalanişga yöl qöymasligini bildirgan edi.

Manbalarga köra, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon endi tiyib turiş siyosatini qayta tiklaşga intilmoqda va jangovar harakatlarga qöşiliş haqida qaror qabul qilişga yaqin turibdi. Ulardan biri: “Bu faqat vaqt masalasi”, degan. “Saudiya Arabistonining Eron hujumlariga nisbatan sabri çeksiz emas. Körfaz davlatlari javob qaytara olmaydi, deb öylaş katta xato böladi”, dedi podşohlik taşqi işlar vaziri Faysal bin Farhon ötgan hafta.

Birlaşgan Arab Amirliklari esa, öz navbatida, Eron aktivlarini çeklaşga kirişdi. Bu Tehron rahbariyatining muhim moliyaviy manbalaridan biriga zarba berişi mumkin. Şu bilan birga, mojaroda harbiy iştirok etiş ehtimoli ham muhokama qilinmoqda. Dubay Eron kasalxonasi va Eron klubini yopdi. Hukumat iddaosiga köra, bu muassasalar “BAA qonunçiligini buzgan holda rejim va Islom inqilobi muhofizlari korpusi manfaatlarida foydalanilgan”.

Köp yillar davomida Eron biznesi uçun moliyaviy hab vazifasini ötab kelgan BAA, şuningdek, milliardlab dollarlik Eron aktivlari muzlatilişi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu qadam Tehronning xorijiy valuta va jahon savdo tarmoqlariga çiqiş imkoniyatini jiddiy ravişda çeklaşi mumkin.

WSJ manbalari ta’kidlaşiça, Eron qöşni davlatlarni harakat qilişga majbur etmoqda, xususan, uruş tugagaç Hörmuz böğozini boşqarişda öziga alohida örin talab qilayotgani bilan. Manbalarga köra, Tehron ötayotgan kemalarga hujum qilib, ayrim tankerlarni esa ötkazib yuboriş orqali böğozni amalda tösib qöygan.

Manbalarning aytişiça, Eron tomoni arab amaldorlariga Hörmuz böğozidan ötiş uçun haq undiriş niyati borligini ma’lum qilgan. Bu Misrning Suvayş kanali tajribasiga öxşatilmoqda.

Körfaz davlatlari rahbarlari, ayniqsa BAA va Saudiya Arabistoni yetakçilari, Tramp bilan muntazam telefon muloqotlarida AQŞni işni oxiriga yetkazişga va keyingi qadamlarga ötişdan oldin Eronning harbiy salohiyatini yöq qilişga çaqirmoqda. WSJ manbalariga köra, ular xavfsizlik sohasidagi şeriklik va bu munosabatlarga kiritilgan katta sarmoyalarga qaramay, Tramp ma’muriyati qarorlariga jiddiy ta’sir ötkaza olmayotganidan ham norozi.