O‘zbekiston | 10:00
642
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘zbekinvest» va Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston hududlarida eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

«O‘zbekinvest» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish va biznes sub’yektlarining mavjud qo‘llab-quvvatlash instrumentlari bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni izchil amalga oshirmoqda.

Foto: O‘zbekinvest

Joriy yil mart oyidan boshlab ishchi guruh respublika hududlarida eksportchilar va tadbirkorlar bilan qator sayyor uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bugungi kunga qadar mazkur tadbirlar Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarini qamrab oldi.

Uchrashuvlar doirasida ishtirokchilarga eksport operatsiyalarini sug‘urta qilishning afzalliklari, shuningdek, tashqi bozorlardagi tavakkalchiliklarni kamaytirishning zamonaviy mexanizmlari atroflicha tushuntirilmoqda. Ayniqsa, eksportchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning xorijiy bozorlardagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berib, ochiq muloqot shaklida biznes duch kelayotgan dolzarb muammolar va to‘siqlarni muhokama qilmoqda. Uchrashuvlar yakunida ishtirokchilarga eksport faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar taqdim etilmoqda.

Ishning alohida yo‘nalishi sifatida mahalliy eksportchilar ehtiyojlari va xalqaro bozor talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan yangi sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish va joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi milliy eksportchilar manfaatlarini himoya qilish tizimini izchil mustahkamlab, ularning ehtiyojlariga tezkor javob berish hamda samarali moliyaviy-sug‘urta mexanizmlarini taklif etishni davom ettirmoqda.

Joriy yil mart oyi yakuniga qadar tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq mamlakatning boshqa hududlarida ham shunday uchrashuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu tadbirlar yanada keng doiradagi tadbirkorlarni qamrab olish va ularni dolzarb axborot hamda amaliy ko‘mak bilan ta’minlash imkonini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid