Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy-dengiz kuçlari qömondoni, admiral Alirizo Tangrisiy Isroil zarbasi oqibatida halok böldi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi.

Kats uni Hörmuz böğozini minalaştiriş va kemalar qatnovini tösib qöyiş böyiça «terrorçilik amaliyoti uçun bevosita javobgar şaxs» deb atagan.

Isroillik harbiylar ma’lumotiga köra, Tangrisi Islom inqilobi muhofizlari korpusi yuqori martabali qömondonlari Bandar-Abbos şahrida ötkazayotgan yiğiliş joyiga zarba yöllaş orqali öldirilgan.

Isroil mudofaa vaziri bu amaliyotni Islom inqilobi muhofizlari korpusiga yöllangan «noma» deb atagan. «Isroil mudofaa armiyasi sizni ta’qib qiladi va birin-ketin yöq qiladi», – degan Kats.

28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlaganidan keyin Tehron Hörmuz böğozini tösib qöydi va undan ötmoqçi bölgan kemalarga hujum qila boşladi. Mojaro boşidan buyon kamida 22 ta kema hujumga uçragan. Fors körfazida böğozdan ötişga botina olmagan 3200 ta kema töplanib qolgan. AQŞ prezidenti Hörmuz böğozini oçiş talabi bilan Eronga ultimatum qöymoqda. 25 mart kuni Tehrondagilar böğoz «duşman bölmagan» kemalar uçun oçiqligini ma’lum qilgan.

Hörmuz böğozi Fors körfazini oçiq okean bilan boğlaydi. Bu Yaqin Şarqdan xomayoş yetkazib beriş yölidagi muhim uçastka hisoblanadi: jahondagi neft xomaşyosining qariyb 35 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning qariyb 20 foizi şu suv yöli orqali taşiladi.