Moskva şahri içki işlar boşqarmasi boşliği Oleg Baranovning sözlariga köra, şu kunlarda poytaxt politsiyasiga kelgusida kurerlar örnini egallaşi közda tutilgan robotlar taqdim etilgan.

«Biz Moskva hukumati va Yandeks kabi yirik taşkilotlar bilan ulkan işlar olib boryapmiz. Yaqinda bizga kelgusida yetkazib beruvçi kurerlarni almaştirişi kerak bölgan mobil komplekslarni taqdim etişdi. Ammo hozir xavfsizlik masalalari işlab çiqilmoqda», – degan Baranov Moskva şahar dumasida içki işlar organlarining 2025 yildagi faoliyati böyiça hisobot beriş asnosida.

U hozirda sa’y-harakatlar robotlarni «barça uçun itoatkor va mutlaqo xavfsiz qiliş» uçun qaratilganini qayd etgan. Uning sözlariga köra, robot tezligi soatiga 3-5 kilometrni taşkil etib, bu harakatning boşqa iştirokçilariga xalal bermasligi kerak.