AQŞ prezidenti Donald Tramp öz jamoasiga Eron bilan uruş uzoqqa çözilişining oldini oliş va uni yaqin haftalarda tugatişni istaşini bildirgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Naşr manbalariga köra, Tramp özaro suhbatda maslahatçilariga Eron bilan uruş yakuniy bosqiçda va u tört-olti haftadan keyin yakunlanişi kerak deb hisoblaşini ma’lum qilgan.

WSJ suhbatdoşlari ma’lumotiga köra, Oq uydagilar Trampning XXR raisi Si Jinping bilan 14-15 may kunlariga belgilangan uçraşuviga qadar uruşni tugatişni möljallagan.

Biroq, naşrning qayd etişiça, Trampda uruşni töxtatişning oddiy variantlari yöq, tinçlik muzokaralari esa hozirça eng boşlanğiç bosqiçda.

WSJ manbalariga köra, AQŞ prezidenti Erondagi uruş uni boşqa maqsadlardan çalğitayotganini aytgan. Tramp bu yangi maqsad nimaligiga aniqlik kiritmagan, biroq naşrning ba’zi suhbatdoşlari gap Kubadagi rejim özgarişi haqida ketayotgan bölişi mumkinligini taxmin qilişgan.