Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari 10 ta qo‘shma loyihani ishga tushirdi
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari 10 ta qo‘shma sanoat hamkorligi loyihalari, jumladan, Tojikistonda mebel va charm zavodlarini ochish, shuningdek, Farg‘onada konserva, Surxondaryoda sharbat ishlab chiqarish zavodlarini ishga tushirdi. Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Dushanbe shahri nomi berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 10 ta yirik qo‘shma loyihani ishga tushirish marosimida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Ular doirasida Tojikistonda mebel va charm mahsulotlari korxonalarini tashkil etish, maishiy texnika ishlab chiqarishni kengaytirish, to‘qimachilik quvvatlarini barpo qilish, Toshkentda turar joy majmuasi va savdo obektlarini qurish hamda Farg‘ona viloyatida konserva mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Andijon viloyatida sut mahsulotlari, Surxondaryo viloyatida esa meva sharbatlari va metall briketlar ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Shuningdek, Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Dushanbe shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.



Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56 / 07.05.2026