Eronning 1 milliondan ortiq fuqarosi mamlakat janubiga safarbar qilindi, deb xabar berdi Tasnim va Mehr naşrlari. Ular Qöşma Ştatlarning quruqlik orqali bostirib kirişiga tayyor turişi kerak.

Eron ommaviy axborot vositalariga köra, rasmiylar, şuningdek, «Basij» bölinmalari, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) va muntazam armiyaga jangovar harakatlarda iştirok etiş uçun qöşilişni istagan yoşlarning ommaviy arizalari oqimini qayd etmoqda.

Eron qurolli kuçlarining umumiy soni - muntazam armiya (Arteş) va Islom inqilobi qöriqçilari korpusini (IIQK) ham qöşib hisoblaganda - taxminan 610-860 ming amaldagi harbiy xizmatçiga teng.

IIQK elita tuzilma hisoblanadi va quruqlik, havo va dengiz kuçlarini öz içiga olgan holda taxminan 150-190 ming kişini taşkil etadi. IIQK tuzilmasiga kiruvçi «Basij» militsiyasi tarkibiga 90 mingga yaqin faol iştirokçi va yuz minglab safarbarlik zaxiralari kiradi.

Nazariy jihatdan ularning safarbarlik salohiyati 10 million kişigaça yetişi mumkin.

Avvalroq, 26 mart kuni The Wall Street Journal gazetasi AQŞ Kongressidagi uç respublikaçiga, jumladan, Vakillar palatasi va Senatning qurolli kuçlar böyiça qömitalari raislariga tayanib, Eronga qarşi AQŞ quruqlikdagi operatsiyasi yaqin orada boşlanişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Şu bilan birga, manbalar aniq muddatlarni aytmadi.

AQŞ dengiz piyodalaridan Eronning janubiy qirğoqlaridagi bir yoki bir neçta orollarni egallab, Hörmuz böğozi orqali kema qatnovini tiklaş uçun foydalanişi mumkin. Bungaça Axios Qöşma Ştatlar orollardan birini bosib oliş yoki blokada qiliş rejalarini örganayotgani haqida ma’lumot bergan edi.

Şuningdek, Pentagon 82-havo-desant diviziyasining 2 mingga yaqin harbiy xizmatçisini Yaqin Şarqqa köçirişni buyurgani aytilmoqda. 3 kun oldin Isroil hukumati Eronga qarşi harbiy harakatlar va «Hizbulloh» harakati fonida 400 minggaça zaxiradagi askarni safarbar qiliş rejasini tasdiqlagan edi.