Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda urush boshlanganidan beri yuzdan ortiq «josus» hibsga olindi
Ularning aksariyati «dushman ommaviy axborot vositalariga» ishlaganlikda ayblangan.
Foto: Getty images
AQSh va Isroil Eronga qarshi olib borayotgan urush boshlanganidan beri Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) razvedkasi 103 nafar «Amerika-sionistik yollanma askarni» hibsga oldi, deb xabar berdi Eronning Tasnim agentligi. Xususan, 90 kishi «dushman ommaviy axborot vositalariga» muhim obektlarning koordinatalari va hujumga uchragan joylarning fotosuratlarini yuborganlikda ayblanmoqda.
To‘rt kishi Tehron elektr tarmoqlarida qo‘poruvchilikni rejalashtirganlikda ayblanmoqda. Eron monarxistlariga aloqador bo‘lgan yana to‘rt kishi «ko‘chalardagi vaziyatni beqarorlashtirish» niyatida bo‘lgan. Besh kishidan iborat guruh blokpostlarga qurolli hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Tasnim ma’lumotlariga ko‘ra, Internetga kirish cheklovlarini chetlab o‘tish uchun vositalar savdosida gumon qilingan 16 nafar Starlink uskunasi egalari va 400 kishiga nisbatan choralar ko‘rilgan.
28 fevral kuni Isroil va AQSh Eronga qarshi qo‘shma harbiy operatsiya boshladi, uning davomida harbiy obektlar, neft-gaz infratuzilmasi va elektr ta’minoti tizimiga hujum qilindi. Bundan tashqari, Eron rejimining ko‘plab yuqori martabali vakillari, jumladan, oliy rahbar Ali Xominaiy o‘ldirildi. Eron, o‘z navbatida, Isroilga, mintaqadagi AQSh bazalariga va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining energetika obektlariga zarba bermoqda.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
21:03 / 11.05.2026
Eronda Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy qamoqdan ozod etildi
18:21 / 11.05.2026